So’nggi yangiliklar

21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  68 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  6 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  395 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  3 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  17 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  7 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  36 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  10 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11

Bolalarni katta futbolga tayyorlashning gollandcha usuli haqida Yangiliklar

Bolalarni katta futbolga tayyorlashning gollandcha usuli haqida

O'tgan yilning yoziga qadar, Bastian Rimersma PSV akademiyasida faoliyat yuritib, yosh bolalarni futbol bilan shug'ullantirgan.

“8 yoshli bolakayni iqtidorli deb atash mumkinmi?”, “Uning jismoniy kuchini qanday baholaysiz?”, “Futbolchi insoniy fazilatlarga ega bo'lishi shartmi?”, shu kabi savollarga Rimersma javob berishga harakat qildi. Futbolchilar taqdiri qandaydir jiddiy o'yin sabab o'zgarishiga Rimersmaning ishonchi komil edi. Uning fikricha, skautlar o'sha paytda ularning harakatini kuzatib o'tiradi va «pichoqqa ilinadigani»ni darhol o'z qarmog'iga soladi, qo'yadi. Ammo, bu qanchalik to'g'ri? O'zingiz o'ylab ko'ring, 7-8 yoshdagi bolaga qanday qilib baho berish va kelajagini hal qilish mumkin?

Rimersma o'tgan yozda, Tilbur shahrining “Villem II” klub akademiyasida nazoratni to'liq o'z qo'liga oldi. SHundan so'ng, sportchilar bilan ishlash, ularning harakatini baholash, skautingdan voz kechish kabilarga katta ahamiyat bera boshladi. U yoshlar bilan faoliyat yuritishda 6 ta principga asoslanadi.

Keling, uning metodikasi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

1. Bolalar o'yinini baholab, juda erta saralab tashlamang
Rimersma fikriga ko'ra, 6-7 yoshli bolalarni “iqtidorli” yoki qolganini  “vaqt ko'rsatadi” guruhlariga ajratib qo'yish noto'g'ri. Bu Gollandiya yoshlar futbol akademiyasining eng katta muammosi hisoblanadi. Niderlandiya U7 va U8 jamoalarida tengdosh bolalar 6-7tani tashkil etadi. Lekin ulardan faqatgina bittasi maydonda eng yaxshi murabbiy bilan shug'ullanadi. Qolganlari esa oddiy mashqlar bajaradi. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, futbol akademiyasi ular uchun — oddiy jismoniy tarbiya darsi kabi o'tadi. Xullas, to'pni tepib-tepib, yana uylariga tarqab ketishadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Rimersma o'yinchilarni iqtidorli yoki iqtidorsiz deb juda erta saralab tashlash befoyda deb ishonch bilan takidlaydi. Odatda, bunday yoshda o'yinchilarning tezligi va chaqqonligiga qarashadi. Aytingchi, bu sifatlarga qarab, iqtidorni qanday aniqlash mumkin? “Agar gulga suv quyib, parvarishlasangiz, u o'sadi. Bola ham xuddi shunday: unga etibor bersangiz, qiziqishlarini inobatga olsangiz, menimcha u ham vaqt o'tgan sari yuksalib boradi”, — deydi murabbiy.

“Agar futbolda faqat o'ziga xos iqtidorga ega bo'lganlar o'ynasa, bu sport turi hozirgidek bo'lmasdi. Afsuski, bunga hech kim etibor bergisi kelmaydi”, — deydi Rimersma.

2. Bolalar futbolida skautlikdan voz kechish kerak
Gollandiya bolalari butun mamlakat bo'ylab kezib yurishadi, maqsad — U9 chempionatida ishtirok etib, mamlakatning eng kuchlilari jamlanuvchi Amsterdam yoki Eyndxovendagi akademiyaga yo'l olish. Katta jamoalarda bir xil yoshdagi bolalardan 5-6ta tarkib tuzsa bo'ladi va ularning asosiy qismi futbol bilan shunchaki jismoniy tomondan rivojlanish uchun shug'ullanadi. “Professional klublar bunday qilishining sababi, kimdir o'sha o'yinchilardan birini o'ziga og'dirib olishidan qo'rqishadi. Undan ko'ra, jamoasidagilar bilan ko'proq ishlashga harakat qilishsa yaxshi bo'lardi”, — deydi Rimersma.

3. Etibordan chetda qolayotgan iqtidorlar bilan ishlang
“20 yoshli Frenki de Yong allaqachon “Ayaks” jamoasining asosiy o'yinchisi bo'lishga ulgurdi va yangi mavsumda maydonga tushayapti. Lekin, atigi 2-3 yil avval gollandiyalik skautlar uni o'z ro'yxatiga qo'shishni boshlashdi. Bilasizmi nima uchun bu qadar kech? Sababi uning iqtidori biroz sezilarsiz edi. SHuning uchun etiborga tushishiga biroz vaqt ketdi”, — deydi Rimersma.

“Villem” bosh murabbiyi ogohlantiradi: Odatda, top-klub skautlarining etiborini jimjimador “bantik”lar o'ziga tortadi. Ular texnik tomondan kuchli futbolchilar o'yiniga befarq bo'lolmaydilar. Odatda, ajoyib tezlik, gipertexnikaga ega o'yinchilarni “Ayaks” yoki “Feyenoord” jamoalari o'ziga olib qo'yadi va biroz vaqtdan keyin boshqa klublarga sotib yuboradi.

Rimersma boshqa toifadagi iqtidorlarga ishonch bildiradi. Murabbiy fikriga ko'ra, ular o'zlarini boshqarishni o'rganishi kerak. Futbolchilar avvalo, 5ta o'yinchini aldab o'tishni emas, intizomli bo'lish, o'yin vaziyatlariga to'g'ri baho bera olish, mashg'ulotlarga tezda moslashishni o'rganishi kerak. Tadqiqotlar va tajribalar shuni ko'rsatadiki, bu kabi futbolchilar katta futbolga dadilroq kirib boradilar. Va “Ayaks”dagi holat buni yana bir bor isbotlamoqda. O'z ishini ortiqcha shov-shuvsiz bajarayotgan va asosiy terma markazidan joy egallayotgan bir vaqtda, texnikasi kuchli deyilgan Vaclav CHerni mana uch yildirki “Ayaks” asosiy tarkibiga kira olmayapti.

Noyabr-dekabrda tug'ilganlarga ko'pchilik unchalik etibor qaratmaydi. Bunga sabab, yil oxirida tug'ilganlar yil boshida tavallud topgan insonlarga nisbatan, jismoniy tayyorgarligi biroz sust bo'ladi degan qarash mavjudligi. “Bu ahmoqlik”, — deydi Rimersma.


4. Mag'lub bo'lish qo'rqinchli emas, ammo kimga engilganingiz juda muhim
Rimersa tarkibni bu yo'sinda to'ldirish bilan “Villem II” uzoq vaqtgacha uning metodlariga ko'nikishiga va ko'proq mag'lub bo'lishiga tayyor. SHuning uchun, u yaxshi o'yinchilar kuchli jamoa bilan bo'ladigan bahsda yutqizmay, eng yaxshi o'yinchiga aylanishlari mumkinligi haqidagi g'oyani inkor etadi. “Bazida, yosh o'yinchi qanday o'ynay olishi va xohlayotgan ishini bajarishiga ruxsat berish kerak. Agar yoshlar doimo kuchli va yoshi katta raqiblar bilan o'ynasa, ular o'zining kuchli tomonlari ustida ishlamay qo'yishi ham mumkin”, — deydi Rimersma.

5. Natijalarga etibor bermang
O'yin-kulguga qaratilgan va faqat chiroyli uchrashuv ko'rsatishga tayyor bo'lgan Gollandiya futboli ham, asosan, natijaga etibor beradi. PSVdagi Fillip Koku sabab, o'yin natijasi nafaqat asosiy jamoa uchun, balki yoshlar uchun ham muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Rimersma fikricha, to'g'ri tarbiya berish, ularni mashg'ulotlarda to'g'ri yo'naltirishni ularning 6-7 yoshidanoq boshlash kerak. Rimersma 6-7 yildan so'ng natija talab qilinishi to'g'ri bo'lgan bolakaylarni natija uchun o'ynashini so'rash noto'g'ri.
Bastian “Venlo” biznes-maktabining o'qituvchisi, marketing professori Bram van de Linneni “Villem” akademiyasiga chaqirgan. Rimersma do'stini U17 jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi etib tayinlagan. SHundan so'ng, Bram mashg'ulot jarayoniga yangiliklar, o'zgartirishlar kirita boshlagan. Birinchidan, “Villem” hujumchilari jarima maydonchasidagi “xavfli hudud”da, darvozaga qarama-qarshi turgan holda, to'p tepishni o'rganishlari kerak. Ana shunda, gol bo'lish ehtimoli oshadi. Ikkinchidan esa, xuddi “Gvardiola” klubi kabi to'pni bor yo'g'i 5 soniya ushlab turish kerak. Keyingi 10 soniyada esa to'pni raqib jarima maydonchasiga olib borish kerak.

Jismoniy mashqlardan so'ng, van de Linne o'yinchilarni katta futboldagi jiddiy vaziyatlarda o'ynashga tayyorlaydi. SHunday holatda, futbolchilar qanday harakat qilayotganini bilish mumkin. SHunda,ularning iqtidorlari borligi yo aksincha ekanligi namoyon bo'ladi.

6. Futbol federaciyasidan yordam so'rash kerak
Bizning davlatda bu borada ishlar yomonroq. “Strategiya-2030”ni deyarli hamma boshidan oxirigacha o'qib chiqqan. Niderlandiyada KNVB yoshlar tayyorgarligiga jiddiy etibor qaratadi. Lekin shunday bo'lsa-da, gollandiyaliklar boshqa mamlakatlar tajribasiga tayanmasdan, milliy metodlariga asoslanib ish ko'rishadi. Rimersma Germaniya uslubiga etibor qaratib, uni yaxshilamoqda. Uning so'zlariga ko'ra, u erda skaut va murabbiylar klub bilan shartnoma tuzmay, ochiqchasiga o'yinchi bilan qo'shimcha mashg'ulot darslari olib boradilar. Bu nima uchun kerak dersiz? Ammo, bir kuni klublar futbolchidan hech qanday sababsiz shartnomani bekor qiladigan bo'lsa, ular bemalol o'sha qo'shimcha mashg'ulotlar yordamida boshqa klublardan ish topa olishi mumkin.

Bastian Rimersma “Villem” bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Agar shu vaqt ichida, murabbiy tarkibni kuchli yoshlar bilan to'ldira olsa, shartnoma muddati yana 8 yilga uzaytiriladi. Qiziq, 2-3 yil avval top-yangster hisoblangan Timon Vellenroyter, Pedro CHirivelya, Den Krouli va Ismail Azzaui hozirgi kunda aynan “Villem” jamoasida o'ynaydi. Rimersma allaqachon tarkibdagi kuchli o'yinchilarni o'zi uchun ajratib olgan va ular bilan ham alohida shug'ullanadi.

“Ishim so'nggida, yani 8 yildan so'ng, iqtidorli bolalar bilan ishlash usuli qanchalik samarali bo'lishini ko'rmoqchiman. Agar men tanlagan yo'l va g'oyalar ish bermasa, u holda o'zim istefoga chiqaman. Men klubga yaxshiroq maosh olish yoki chiroyli kiyinib yurish uchun kelmaganman. Meni faqatgina jarayon va natija qiziqtiradi. Hammada o'ziga xos iqtidor bo'ladi. Men faqatgina o'sha iqtidorni tarbiyalab, uni ro'yobga chiqarish mumkinligiga ishonaman, xolos”, — deydi Rimersma.

championat.com saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика