PSV Niderlandiya chempioni bo'ldi
19 may 03:50
Yangiliklar
PSV so'nggi turda safarda "Sparta"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Peter Bos jamoasi 79 ochko to'pladi va tarixda 26-marta Niderlandiya chempioni bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni 78 ochko bilan Amsterdamning "Ayaks" jamoasi egalladi, u chempionat tugashiga 5 tur qolganida 9 ochkolik ustunlik bilan peshqadamlik qilayotgandi. Kuchli uchlikni Rotterdamning "Feyenoord" klubi (68 ochko) yakunlab berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar