So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

"Boksing dey"da kim qancha ochko yig'di? Yangiliklar

"Boksing dey"da kim qancha ochko yig'di?

17-29 avgust kunlari Suprerliga klublari ishtirokida o'zbekcha "Boksing dey" guvohi bo'ldik.

Qisqa vaqt ichida o'tkazilgan 4ta turdan so'ng Superliga birinchi davrasiga yakun yasaldi. "Boksing dey"da kimdir o'zini ko'rsatgan bo'lsa, kimdir aksincha kutilgan o'yinni namoyish qila olmadi. 

Endi sentyabrdan musobaqa yana uy-safar tarzida davom ettiriladi. Ikkinchi davraning dastlabki to'rtta turini kelasi oyda o'tkazish mo'ljallangan. Taqvim ham tayyor. O'ylaymizki, ikkinchi davra yanada shiddatli kurashlarga boy kechadi.

"Boksing dey"da bo'lib o'tgan 4 turda eng ko'p ochko yig'gan jamoa "Paxtakor" bo'ldi. SHota Arveladze shogirdlari to'rtta uchrashuvning hammasida zafar quchishdi. "SHerlar" qisqa vaqt oralig'ida "Qo'qon-1912", "Nasaf", "Lokomotiv" va "Andijon"dan ustun kelishdi.

Bu borada keyingi o'rinni "Qo'qon-1912" egalladi. Qo'qonliklar ketma-ket uchta bellashuvda g'alaba qozonib 9 ochko jamg'arishdi. Ashurmatov shogirdlari oxirgi uch bellashuvda "Lokomotiv", "Andijon" va "Navbahor"ni mag'lub etishdi. Bu borada keyingi o'rinlarni 8tadan ochko bilan AGMK va "Qizilqum" jamoalari egallashdi. 

"Boksing dey"da birorta ochko jamg'ara olmagan "Lokomotiv" bo'ldi. "Temiryo'lchilar" oxirgi to'rtta o'yinning barchasida imkoniyatni boy berib, AGMK, "Qo'qon-1912", "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi bahslarda mag'lub bo'lishdi. 

1. "Paxtakor" - 12 ochko. (4 g'alaba)

2. "Qo'qon-1912" - 9 ochko. (3 g'alaba)

3. AGMK - 8 ochko. (2 g'alaba, 2 durang)

4. "Qizilqum" - 8 ochko. (2 g'alaba, 2 durang)

5. "Nasaf" - 7 ochko. (2 g'alaba, 1 durang)

6. "Mashal" - 7 ochko. (2 g'alaba, 1 durang)

7. "Bunyodkor" - 6 ochko. (1 g'alaba, 3 durang)

8. "Metallurg" - 6 ochko. (2 g'alaba)

9. "So'g'diyona" - 5 ochko. (1 g'alaba, 2 durang)

10. "Buxoro" - 4 ochko. (1 g'alaba, 1 durang)

11. "Navbahor" - 2 ochko. (2 durang)

12. "Surxon" - 1 ochko. (1 durang)

13. "Andijon" - 1 ochko. (1 durang) 

14. "Lokomotiv" - 0 ochko.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика