So’nggi yangiliklar

22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  0 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  1 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  1 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  13 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  91 20:25"Манчестер Сити" ўзи учун рекорд нархга футболчи сотди  6 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  11 18:40Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га эмас, "Реал"га ўтмоқчи  12 17:38"Барселона"нинг янги сардори маълум бўлди  2 17:09"Арсенал" франциялик юлдузга кўз тикди  1 16:43"Динамо" стадионида янги прожектор лампалари ўрнатилмоқда  4 16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  1 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  3 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  5

Bobur Zuhriddinov: "Obod" ko'p yillik, tarixiy jamoa bo'lishga harakat qiladi" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Obod" ko'p yillik, tarixiy jamoa bo'lishga harakat qiladi"

"Obod" - "Buxoro" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Bobur Zuhriddinov qatnashdi.
- Oliy liga boshlanganidan beri tarixiy jamoalarga qarshi o'ynayapmiz – “Qo'qon-1912” mana endi “Buxoro”. O'yin haqida qisqacha fikr bildirsam. Bugun garchi g'alaba qozona olmagan bo'lsakda, shunday raqib va murabbiyga qarshi munosib ravishda o'ynaganimizdan xursandmiz, - deydi Zuhriddinov. 

- Bobur, sizda qanday licenziya bor?
- Bolalar bilan ishlashga ruxsat beradigan “S” licenziyasiga egaman.

- “Obod” birinchi ligada to'pni nazorat qilib, hujumkor o'yin ko'rsatardi. Bu yilgi reja ham shundaymi?
- To'g'ri. CHunki hujumkor o'yin hammaga yoqadi. Biz himoyadan tezkor hujumga o'tishga etibor qaratamiz. Hozir ozgina tajriba etishmayapti. O'ylashimcha, bu vaqtinchalik va tezda hammasi yaxshi bo'lib ketadi.

- Jamoa bugun tezkor qarshi hujumlarda oqsadi.
- Aytganimdek, bularning barchasi vaqtinchalik. Biz har bir o'yin uchun izlanamiz, o'rganamiz. Tezkor o'yinimiz o'xshamayotgan bo'lsa-da, izlanishda davom etamiz. Aytishim mumkin, o'yindan-o'yinga bu savolingizga javob topasiz.

- Jamoa bilan necha yillik shartnomangiz bor?
- “Obod” bilan uch yillik shartnomam bor.



- Sizningcha, jamoa oliy ligada o'z o'rnini topib olishi uchun qancha vaqt kerak?
- Biz ko'p yillik, tarixiy jamoa bo'lishga harakat qilamiz va shuning uchun izlanamiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

- Futbolda tajriba muhim. Davralar oralig'ida tarkibni tajribali o'yinchilar bilan kuchaytirasizmi?
- Hozir bu haqida o'ylayotganim yo'q. Lekin davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirishimiz mumkin, ammo hozirgi asosiy maqsadimiz o'yinimizni shakllantirish. Futbolchini ko'rikdan o'tkazish muammo emas.

- Jamoaning markaziy yarim himoyasi biroz kuchsizdek ko'rinmoqda?
- Sizningcha, markazimiz kuchsizdir, biroq ular katta mehnat qilmoqda. Asosiy maqsad – barqaror o'yin ko'rsatishdir. Buning uchun o'zimizga bo'lgan ishonchni his qilib olishimiz kerak. SHunda hammasi yaxshi bo'ladi.

- “Obod”ning o'yinini kuzatib, “Paxtakor”dan nusxa olinmayaptimi, deb o'ylab qoldim?! Bir hujumchi bilan o'ynab, ko'proq himoyani o'ylayapsiz.
- Bilasizlar, futbol gol urishdan iborat. Buning uchun birinchi navbatda to'g'ri himoyalanish kerak. Biz shuning uchun himoyalanish haqida o'ylayapmiz. SHunga ko'proq himoyaga etibor qaratyapmiz. Oliy ligaga moslashib olsak, hammasi yaxshi bo'ladi. Yaxshi o'yinlarimizni ham ko'rasizlar.

- Oliy ligada gol urish qiyinligini his qilgan bo'lsangiz kerak. O'rinbosarlar safida iqtidorli yigitlar bormi?
- O'rinbosarlar safida yaxshi futbolchilarimiz ko'p. Kelajakda ularning xizmatidan ham foydalanamiz.

Furqatbek Nishonov
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика