Bobur Yo'ldoshev: "Bunday tempdagi o'yinlar bitta golgacha bo'ladi"
05 apr 2025 12:43
Yangiliklar
Bobur Yo'ldoshev: "Bunday tempdagi o'yinlar bitta golgacha bo'ladi"
"Bunyodkor"ning tajribali himoyachisi Bobur Yo'ldoshev "Buxoro"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
Mudofaa chizig'i vakili kecha jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
"Buxoro" himoyaviy harakatlarda yaxshiroq to'p tepardi. Bu esa istalgan jamoaga qiyinchilik tug'diradi. Birinchi bo'limda shunday holat kuzatildi. Murabbiyimiz tanaffusda shundan kelib chiqib ko'rsatma berdi. Ikkinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik, qolaversa omadimiz keldi. Avtogolni omadga bog'lagan bo'lardim. Bunday tempdagi bahslar bitta golgacha bo'ladi.
"Bunyodkor" o'yindan-o'yinga qo'shib boryapti. Futbolda g'alaba qozonaversangiz o'zingizga bo'lgan ishonch ortadi",- deydi Bobur Yo'ldoshev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar