So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  35 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  14 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

Levandovski terma jamoadan ketishi haqida: "Murabbiy ishonchimga xiyonat qildi. Gap hatto sardorlik bog'ichini olib qo'yish qarorida ham emas, balki bu haqda qanday xabar berishganida" Yangiliklar

Levandovski terma jamoadan ketishi haqida: "Murabbiy ishonchimga xiyonat qildi. Gap hatto sardorlik bog'ichini olib qo'yish qarorida ham emas, balki bu haqda qanday xabar berishganida"

Robert Levandovski Polsha terma jamoasidagi faoliyatini to'xtatish qarorini tushuntirdi.

"Men murabbiy Mixal Probejdan kutilmagan qo'ng'iroq qabul qildim, u sardorlik bog'ichini mendan olib qo'yishga qaror qilganini aytdi. Bunga mutlaqo tayyor emasdim, bolalarimni uxlashga yotqizayotgan edim. Suhbat bir necha daqiqa davom etdi.

Men bu haqda oilamga xabar berishga yoki birov bilan voqeani muhokama qilishga ulgurmadim – bir necha daqiqadan so'ng Polsha futbol uyushmasi saytida [sardor almashgani haqida] xabar paydo bo'ldi. Menga bu haqda qanday xabar berishgani haqiqatan ham meni hayratda qoldirdi.


Menga bunday masalalar boshqacha hal qilinishi kerakdek tuyuldi. Hammasi telefon orqali etkazildi. Bunday bo'lmasligi kerak. Murabbiy ishonchimga xiyonat qildi. Terma jamoa men uchun doimo eng muhimi bo'lgan. Shu bilan birga, yuz bergan voqea menga juda og'ir botdi. Gap sardorlik bog'ichi to'g'risidagi qarorda emas, balki bu menga qanday xabar qilinganida.

Bu qaror ortida nima turganini bilmyaman, chunki yuqorida aytib o'tganimdek, juda qisqa suhbat bo'ldi. Murabbiy ommaviy axborot vositalarining bosimiga berilgandek taassurot qoldi. U bizning kelishuvimizni buzdi, shuning uchun uning xatti-harakatlaridan hayronman.


Yig'inlarga kelmaslik to'g'risidagi qaror murabbiy bilan birgalikda qabul qilindi. Men u bilan gaplashib, biroz dam olish haqida nima deb o'ylashini so'ramoqchi bo'ldim. U rozi ekanligini va o'zi ham menga qo'ng'iroq qilib, shuni taklif qilmoqchi bo'lganini aytdi. Lekin men bazaga Kamil Grosickiyga syurpriz qilish uchun kelmoqchi edim. Buni faqat murabbiy Probej bilar edi. Lekin bu malumot matbuotga chiqib ketdi.

O'tirib, buning barchasi haqida tinchlangan holda o'ylab olmoqchiman. Nafasni rostlab olish kerak. Shundan keyin o'z fikrlarim va keyingi qadamlar haqida ko'proq gapirish mumkin bo'ladi. Bugun men afsus va g'azabni his qilyapman. Terma jamoa men uchun doimo juda muhim bo'lgan. Bu borada hech narsa o'zgarmadi", – dedi "Barselona" hujumchisi.

Reyting: +8   

Fikrlar

+2   
09 iyu 22:13:54
Artur1801
Лева польша термасини қанча етаклади. Тупуриб қўй ҳаммасига. Стадионинггаям мураббийинггаям деб суривор
+1   
10 iyu 06:27:34
Obidjon
Xayot shunaqa oʻzi beshafqat. Vaqt qarab turmaydi. Yoshlarga joy boʻshatishni ham, oʻz vaqtida ketishni ham bilish kerak. Levandovski shubhasiz afsonaviy futbolchi lekin terma jamoasiga ham yangi qon kerak. Har qanday holatda ham sardorlik bogʻichini olib qoʻyilishi ogʻir botadi. Lekin hammasni vaqt davolaydi Levajon. Sen afsonasan lekin qariyapsan. .
   
10 iyu 00:18:48
Аих
Ardus 2012 foydalanuvchining fikriga javob berish
Hozigi ronaldudan oliging ortiq
Роналду бетта причем? Йо сикиб пулини бермаганмиди?
   
10 iyu 00:17:30
Аих
Artur1801 foydalanuvchining fikriga javob berish
Лева польша термасини қанча етаклади. Тупуриб қўй ҳаммасига. Стадионинггаям мураббийинггаям деб суривор
Артур, манимча йоки йош боласан йоки аклинг расо, Ватан шанини учун йигилган жамоага тупуруш бу уз ватанига тупуруш! Хийонат хисобланади, озгина оклинг булса бунака фикр билдирмасдинг
   
10 iyu 00:04:40
ArsaBarsa
Job Ir foydalanuvchining fikriga javob berish
Лева клубда зурдир лекин терма жамоада хеч нарса килмаган
Termada nimadir qilish uchun sheriklar kerakda. Zlatan ham hech narsaga erisha olmadi. Leva ham 85 ta gol urgan. Ronaldudan keyingi yevropada eng yaxsh to’purar.
   
09 iyu 23:45:04
Barcelona Champion
Artur1801 foydalanuvchining fikriga javob berish
Лева польша термасини қанча етаклади. Тупуриб қўй ҳаммасига. Стадионинггаям мураббийинггаям деб суривор
Каерга етаклади? Златанни айтса боларди терма жамоасини етаклади деп.
   
09 iyu 23:01:00
Job Ir
Artur1801 foydalanuvchining fikriga javob berish
Лева польша термасини қанча етаклади. Тупуриб қўй ҳаммасига. Стадионинггаям мураббийинггаям деб суривор
Лева клубда зурдир лекин терма жамоада хеч нарса килмаган
   
09 iyu 21:57:38
Muxriddin Ortiqov
Adminlar diqqatiga!!!!!
Qozog'iston, Makedoniyaga yutqazib qo'ydi. U tomonda Qozoq murabbiyi O'zbekiston terma jamoasini kuchsiz qit'ada o'ynayabdi deb sayrab yotibdi. Yangilikni chiqaringlar. O'zbekistondan kuchsizroq terma jamoa ham Makedoniyani ko'zini yumib yutadi.
-2   
09 iyu 23:08:29
Ardus 2012
Hozigi ronaldudan oliging ortiq
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика