So’nggi yangiliklar

22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  1 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  10 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  9 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   8 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  6 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1

Bobur Akmalovning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan “Orzular terma jamoasi” (5-sonning davomi) Yangiliklar

Bobur Akmalovning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan “Orzular terma jamoasi” (5-sonning davomi)

Avvalroq, Bobur Akmalovning jahon yulduzlaridan tuzgan ramziy termasini etiboringizga xavola etgandik.

Endi esa uning versiyasi bo'yicha o'zbekistonlik futbolchilardan tuzilgan “Orzular terma jamoasi” bilan tanishib chiqamiz. 

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston)

Sxema: 4-3-3

Darvozabon – Pavel Bugalo;

Himoyachilar – Gennadiy Denisov, Andrey Fyodorov, Ulug'bek Ro'zimov, Nikolay SHirshov;

Yarim himoyachilar – Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Olim Tillaev;

Hujumchilar – Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix, Oleg SHackix.

MURABBIY: Vadim Abramov.

Zaxiradagilar: Yuriy SHeykin (darvozabon), Abdusamad Do'rmonov (himoyachi), Mustafo Bilolov (himoyachi), Dilmurod Nazarov (hujumchi), Valeriy Kechinov (hujumchi), Igor SHkvirin (hujumchi).

Darvozabon:

Pavel Bugalo (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1995-2007 yillar oralig'ida milliy jamoa darvozasini (40 o'yinda) himoya qilgan. Ikki bora (1996, 1997) O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Pavel "Paxtakor" (1992, 1998) va "Bunyodkor" (2008) jamoalari tarkibida uch karra O'zbekiston chempioni bo'lgan. 1993 va 1997 yillarda "Paxtakor", 2008 yili esa "Bunyodkor" safida O'zbekiston kubogiga ega chiqqan. 2002 yilda "Jenis" klubi bilan birga Qozog'iston kubogi sohibi ham bo'lgan. 


Himoyachilar:

Gennadiy Denisov (59 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1996 yillar davomida milliy jamoa safida harakat qilgan va 5 bahsda maydonga tushgan. "Navbahor" tarkibida O'zbekiston chempionligini (1996) qo'lga kiritgan.

Andrey Fyodorov (48 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1994-2006 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 65 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bora ishg'ol etgan. Fyodorov 65ta o'yinning 61tasida (!) to'liq o'ynagan. 4ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, o'yin davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

Ulug'bek Ro'zimov (2017 yil, 48 yoshida olamdan ko'z yumgan)  1992-1996 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 23 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 2 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. 

Nikolay SHirshov (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1996-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 63 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bora ishg'ol etgan. Milliy jamoa safida uch bora (1996, 2000, 2004) Osiyo Kubogida qatnashgan.


Yarim himoyachilar:

Server Jeparov (37 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 128 bahsda (rekord) maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 bora ishg'ol etgan. Ikki marta Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. SHuningdek, 2 bora (2008, 2010) O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan.

Mirjalol Qosimov (49 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 67 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 4 karra (1993, 1998, 2001, 2004) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. O'smirlar o'rtasida ikki karra (1987, 1988) Evropa hamda jahon (1987) chempioni. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. Qo'shimcha sifatida, Qosimov “Spartak Alaniya” safida UEFA Kubogi (hozirgi Evropa Ligasi) 1995/96 yilgi mavsum saralashi doirasida “Liverpul” (1:2) darvozasini jarimadan chiroyli tarzda ishg'ol etgandi.

Olim Tillaev (49 yosh)  faoliyatini yakunlagan. 1994-1999 yillar davomida milliy jamoa safida harakat qilgan va 7 bahsda maydonga tushgan.
Olim Tillaev faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand), “Paxtakor”, “So'g'diyona”, “Buxoro”, “Do'stlik” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.


Hujumchilar:

Oleg SHackix (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1996-1997 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 11 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 bora ishg'ol etgan. Termada ketma-ket (6 o'yinda 8ta) gol urish bo'yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. O'zbekistonning 1995-yildagi eng yaxshi futbolchisi.

Maksim SHackix (41 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1999-2014 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 61 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 34 bora (rekord) ishg'ol etgan. 4 karra (2003, 2005, 2006, 2007) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. ECHL tarixida osiyolik ikkinchi (11 gol bilan) raqamli to'purar. “Super Maks” ECHLda “Bayer”, PSV, “Real”, “Nyukasl”, “Anderlext”, “Yuventus”, “Roma”, “Arsenal” kabi jamoalar darvozasiga to'p kiritgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan.

Aleksandr Geynrix (35 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 98 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 2002 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rtlikka kirgan. O'zbekiston (“Paxtakor”), Rossiya (CSKA) hamda Qozog'iston (“Aktobe”) chempionatlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan.


MURABBIY:

Vadim Abramov (57 yosh) – O'zbekiston MTJ hamda "Bunyodkor" klubi ustozi.  Uning bosh jamoa boshqaruvidagi ilk davrida (2010-2012) O'zbekiston Osiyo Kubogi-2011da to'rtinchi o'rinni egallagan. O'zbekistonning 2011 va 2019 yildagi eng yaxshi murabbiyi. “NBU-Osiyo” bilan O'zbekiston 1 Ligasi (2000), “Lokomotiv” (Toshkent) bilan O'zbekiston Kubogi (2014) hamda Superkubogini (2015) qo'lga kiritgan. 

Zaxiradagilar:

Yuriy SHeykin (darvozabon, 2011 yil, 47 yoshida olamdan ko'z yumgan) – 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. Mazkur musoboqaning yarim finali doirasida asosiy favorit J.Koreyaga qarshi (1:0) kechgan bahsda SHeykin  darvozasi tomon yo'llangan ko'plab zarbalarni qaytarib, qahramonga aylangan. Terma jamoa safida esa 7ta o'yin o'tkazgan. 1994 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida 3-o'rinni egallagan.

Mustafo Bilolov (himoyachi, 62 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Milliy terma eamoa safida 1992 yil davomida harakat qilib, 7ta o'yinda maydonga tushgan. 1992 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida 3-o'rinni egallagan. 

Abdusamad Do'rmonov (himoyachi, 54 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1994 yillar davomida milliy jamoa safida harakat qil va 7 bahsda maydonga tushgan. 1994 yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. “Neftchi” bilan besh karra (1992, 1993, 1994, 1995, 2001) O'zbekiston chempioniga aylangan. 

Dilmurod Nazarov (hujumchi, 2015 yil, 39 yoshida olamdan ko'z yumgan) – 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. 1995-1997 yillar davomida milliy jamoa safida harakat qil va 7 bahsda maydonga tushgan. Malumot o'rnida, Nazarov “Paxtakor” safida 2 martadan Kubok (1993, 1997) hamda mamlakat chempionligini (1992, 1998) qo'lga kiritgan. 1995 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida 2-o'rinni band etgan.

Valeriy Kechinov (hujumchi, 45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. Avvaliga faoliyatini O'zbekiston MTJ safida boshlab, 1992 yili uchta o'yinda maydonga tushgan. Keyinchalik Rossiya termasida harakat qilgan. O'zbekistonning 1992 yildagi eng yaxshi futbolchisi. Kechinov 1992 yilda o'tkazilgan futbol bo'yicha ilk mustaqil O'zbekiston chempionatida “Paxtakor” sharafini himoya qilgan. 18 yoshli o'smir o'sha mavsum chempionatining eng yaxshi futbolchisi va to'purariga aylandi. Valeriy yosh bo'lishiga qaramay, oliy ligada 24 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi.  

Igor SHkvirin (hujumchi, 56 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2000 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 31 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan. “Dnepr” (Ukraina) safida SSSR (1988), “Paxang” tarkibida Malayziya (1995), “Paxtakor” safida O'zbekiston (1998) hamda “Moxun Bagan” tarkibida esa Hindiston (2000) chempionatlarining titullarini qo'lga kiritgan. SSSR birinchi ligasi (1990, 37 gol), Osiyo o'yinlari (1994, 8 gol), O'zbekiston chempionati (1996, 22 gol) hamda Hindiston milliy futbol ligasida (2000, 11 gol) to'purar bo'lgan.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 2-son. Xayrulla Hamidov.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 2-son. Xayrulla Hamidov.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 3-son. Diyor Imomxo'jaev.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 3-son. Diyor Imomxo'jaev.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 4-son. Mirzahakim To'xtamirzaev.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 4-son. Mirzahakim To'xtamirzaev.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 5-son. Bobur Akmalov.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика