So’nggi yangiliklar

13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  2 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  10 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  30 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  3 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  5 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  3 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6

Birinchi liga. "Surxon" - "Cementchi" prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. "Surxon" - "Cementchi" prevyu

O'zbekiston birinchiligi bahslari asta-sekinlik bilan qizg'in pallalarga kirib bormoqda.

Musobaqaning  4-tur doirasida 16 aprel kuni bu yilgi mavsumda o'z oldiga Oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan ikki jamoa, Termiz shahrining “Surxon” va Quvasoy shahrining “Cementchi” jamoalari to'qnash keladi. 

Demak, navbatdagi raqibimiz “Surxon” jamoasi xaqida!

Surxandaryo viloyatining  “Surxon” jamoasi 1968 yilda “CHegarachi” nomi bilan tashkil etilgan. Jamoa turli davrlarda Oliy va birinchi liga bahslarida turlicha nomlar bilan ishtirok etgan. 

• 1968-1968 - CHegarachi

• 1969-1973 - Avtomobilist

• 1974-1974 - Spartak

• 1975-1983 - Avtomobilist

• 1984-1984 - Surxon (Surxon)

• 1985-1993 - Surxon

• 1994-1996 - ASK

• 1997-2008 - Surxoan

• 2009-2010 - Dinamo-Xamkor

• 2012 - Surxon

 2017 yildan Surxondaryoda  viloyat hokimi va futbol mutasaddi rahbarlarining tashabbusi bilan Neftchi (Jarqo'rg'on) nomi bilan yana jamoa qaytadan tashkil etildi. Klub "pulka" bahslarida g'olib chiqib birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritgach yana bu jamoaga “Surxon” nomi berildi.

Turli yillarda Nasaf (Qarshi), Qizilqum (Navoiy) professional futbol klublarida matbuot xizmati rahbari bo'lib ishlagan Erkin Xolboboev Surxon professional futbol klubi ijrochi direktori, Mashal (Muborak), Norin (Haqulobod) va Xorazm kabi jamoalarda faoliyat ko'rsatgan mutaxassis Vali Keldiev esa jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Ushbu mavsumda “Surxon”  o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan bo'lsada mavsumni u qadar omadli boshlay olmadi. O'tgan uchta turda raqiblar darvozasiga faqat bitta gol kiritib, barcha uchrashuvlarda durrang natijalarni qayt etdi;

1-tur.  Lokomotiv-BFK – Surxon – 0:0.

2-tur.  Xotira-79 – Surxon 1:1

3-tur.  Surxon – Uzdongju 0:0

Yangi tashkil etilgan “Surxon” jamoasi “Cementchi” klubi bilan ilk marotaba to'qnash keladi.  

Uchrashuv 16 aprel yakshanba kuni Termiz shahridagi markaziy o'yingohda bo'lib o'tadi.

 

O'zbekiston birinchiligi. 3-tur.  

Surxon (Termiz) – Cementchi (Quvasoy)

Hakamlar: K. Rasulov (Qarshi), M. Turdiev (Jizzax), F. Dostonov (Jizzax)

Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).


“Cementchi” matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика