Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 7-tur statistikasi!
07 may 2014 13:18
Yangiliklar
Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 7-tur statistikasi!
4 may kuni birinchi liganing “SHarq” mintaqasida 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda muxlislar bir qator qiziqarli o'yinlarga guvoh bo'ldi. Biz esa odatimizga ko'ra ortda qolgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“QO'QON-1912” PESHQADAMLIKNI O'Z QO'LIGA OLDI
Bu yil oliy ligaga chiqish uchun “SHarq” mintaqasida asosiy davogor sifatida “Qo'qon-1912” qaralmoqda. Rustam Abdullaev boshqaruviga o'tgan bu jamoa 4 may kuni o'z maydonida Pskentning “Istiqlol” klubini qabul qildi va 3:1 hisobida g'alabaga erishib, turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi.
Mazkur mintaqada elitaga chiqishni maqsad qilgan yana bir jamoalardan biri – “Oq-tepa” ham safarda o'ynagan bo'lishiga qaramay muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. Alisher SHog'ulomovning dubli toshkentliklarga uch ochko keltirgan xolda, ularni turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tardi. Negadir chustliklar bu yil o'zlarini ko'rsata olishmayapti.
Jafar Irismetov boshqaruvidagi “NBU-Osiyo”ga bu yil sira tushunib bo'lmayapti. Tarkibida taniqli va shu bilan birga mahoratli o'yinchilar bo'lishiga qaramay jamoa bir tekis o'yin ko'rsata olmayapti. Kutilmaganda mag'lubiyatlar, gohida esa muvaffaqiyat qozonmoqda. “Bankirlar” bu turda hamshahari “Lokomotiv-BFK” maydoniga safar uyushtirib, ishonchli g'alabaga erishdi.
Andijonning “UzDongJu” jamoasi yakshanba kuni “Paxtakor-2”ni qabul qildi va o'z muxlislari qarshisida g'alabaga erishdi. Asosan teng kurashlar ostida kechgan bahsda mezbonlar vaziyatlardan unumli foydalanib qolib, g'alabani ilib ketdi deyish mumkin.
Uychining “Xotira-79” jamoasi bu yil o'zini ko'rsatmoqda. Usmon Asqaraliev shogirdlari ushbu turda safarda o'ynagan bo'lishlariga qaramay o'z uyiga uch ochko bilan qaytishga erishdi. “Bunyodkor-2” bilan o'tgan uchrashuvda uychiliklar ikkinchi bo'lim o'rtalarida ikkita to'p kiritib g'alaba qozondi.
Bungacha turnir jadvalida peshqadamlik qilgan “Kosonsoy” 7-turda “Obod” maydoniga safar uyushtirdi. Bu uchrashuv kosonsoyliklar uchun qaysidir manoda sinov vazifasini o'tab berardi. CHunki ularning oldingi turlarda erishgan g'alabalari ko'pchilikda shubha uyg'otgandi. SHuni aytib o'tish kerakki, mazkur bahsga “Kosonsoy” klubi bosh murabbiysiz borgan. Mehmon Solixo'jaevning bormagani ham jamoa o'yiniga salbiy tasir o'tkazdi shekilli uning jamoasi toshkentliklar qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida (90+3-daqiqa) o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib, alamli mag'lubiyatga uchradi.
GOLLAR
* 7-turning jami 6ta o'yinida urilgan gollar soni 13tani tashkil etdi.
* SHundan 6tasi mezbonlarga tegishli.
* Qolgan 7tani gol mehmonlar hisobiga yozilgan.
* Birinchi taymda kiritilgan gollarni soni 3ta bo'ldi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik yanada oshdi va muxlislar 10ta golga guvoh bo'ldi.
* Ortda qolgan turda bir o'yinda ikkita gol urgan futbolchi birgina Alisher SHog'ulomov bo'ldi. Toshkentlik futbolchi “CHust-Paxtakor” bilan o'yinda dubl qayd etib jamoasiga g'alaba keltirdi!
* Turning eng tezkor goli muallifi – SHahboz Jumaboev bo'ldi. “UzDongJu” azosi “Paxtakor-2”ga qarshi uchrashuvning 15– daqiqasida to'p kiritib o'zini ko'rsatdi!
* Aksincha turning eng so'nggi goli - 90+4 – daqiqada Umid Qodirov tomonidan kiritildi. “Qo'qon-1912” futbolichisi “Istiqlol” bilan o'yinda so'nggi golni kiritgani bilan tarixda qoldi!
* Bu turda penaltilar soni 2tani tashkil etdi. Etiborlisi har ikkisi ham “Bunyodkor-2” – Xotira-79” uchrashuvida mezbonlar darvozasi tomon belgilangan! Uning birinchisi noaniq tepilgan bo'lsa, ikkinchisi aniq amalga oshirilgan! Omil Mo'minov va Islombek Isoqjonov penalti tepgan o'yinchilar bo'lishdi.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISHLAR
* Ushbu turda bo'lib o'tgan jami 6ta bahsda hakamlar 26 marotaba sariq kartochka cho'ntagidan chiqarishga majbur bo'ldi.
* Ogohlantirishlarning 11tasi mezbonlar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 15ta sariq mehmon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan!
* Turning eng intizomli jamoasi “Oq-tepa” bo'ldi. Aleksandr Mochinov shogirdlari safarda “CHust-Paxtakor”ga qarshi o'yinda birorta ham sariq kartochka olmagani etiborga molikdir!
* Aksincha turning eng qo'pol va shu bilan birga intizomsiz jamoasi “Xotira-79” bo'ldi! Usmon Asqaraliev shogirdlari “Bunyodkor-2”ga qarshi kechgan bahsda 6ta sariq ishlab oldi!
* Umuman olib aytganda, turning eng keskin o'yini ham aynan “Bunyodkor-2” – “Xotira-79” to'qnashuvi bo'ldi. Sababi bosh hakam Olim To'ychiboev shu kuni hammasi bo'lib 8ta futbolchini sariq kartochka “siylab”, 2tasini qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatishga qaror qildi!
* Aksincha turning eng intizomli o'yini deb “CHust-Paxtakor” – “Oq-tepa” bahasini aytamiz. Boisi CHustda kechgan bahsda bosh hakam Abdurahim Mo'minov atiga bitta futbolchini ogohlantirgan xolos!
* Qizil kartochkalarga keladigan bo'lsak, bu turda 4 futbolchi maydonni sheriklaridan barvaqt tark etishga majbur bo'ldi! “Qo'qon-1912” himoyachisi Xurshid Uzoqboev jamoasining “Istiqlol”ga qarshi kechgan bahsida hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi!
* “Obod” sardori Doniyor Hasanov ham “Kosonsoy” bilan uchrashuvda so'nggi daqiqalarda maydondan chetlatildi!
* Qolgan ikkita qizil kartochka bitta uchrashuvda qayd etilib, etiborlisi ularning ikkisi ham “Bunyodkor-2” futbolchilaridir! Islom Qobilov bilan Ibrohim G'ofurov “Xotira-79” bilan o'yinda maydondan chetlatilib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo'yishdi.
MUXLISLAR
Uchrashuvlarga tomoshabinlar tashrifi bu turda avvalgisiga nisbatan oshganini ko'rish mumkin. Buni vodiy klublarini 7-turni o'z maydonida o'tkazishgani bilan bog'lash mumkin. Sababi Qo'qondagi o'yinning o'ziga 7751ta muxlis kirgan. CHustga 2501 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.
Endi Toshkentda kechgan o'yinlarga etibor qaratadigan bo'lsak, afsuski bu borada xolat juda ham achinarli. Ayniqsa “Lokomotiv-BFK” – “NBU-Osiyo” uchrashuviga atiga 35ta tomoshabin kirgani poytaxtda birinchi ligaga bo'lgan etibor xanuz past darajada ekanligini ko'rsatib turibdi!
Toshkentdagi bo'lib o'tgan uchta o'yinga kirgan muxlislarni hammasini qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, 217tani tashkil etmoqda. Etibor bering bu 3ta o'yinga kirgan muxlislarni umumiy miqdori!
Xulosa esa o'zingizdan...
Umuman ushbu tur o'yinlarini 11062ta ishqiboz bevosita stadiondan turib kuzatgan. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 1843 nafar muxlis kirgan demakdir!
Tomoshabinlar mehri kimda qanday?
CHust-Paxtakor – Oq-tepa – 0:2. 2501 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK – NBU-Osiyo – 0:2. 35 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Istiqlol – 3:1. 7751 tomoshabin
Uz-Dong-Ju – Paxtakor-2 – 2:0. 623 tomoshabin.
Bunyodkor-2 – Xotira-79 – 0:2. 51 tomoshabin.
Obod – Kosonsoy – 1:0. 131 tomoshabin.
7-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
To'purarlar:
Isroil Tursunov (Istiqlol) – 7.
Islombek Isoqjonov (Xotira-79) – 5.
Abdulatif Abduqodirov (NBU-Osiyo) – 5.
Maruf Ahmadjonov (Oq-tepa) – 4.
Alisher SHog'ulomov (Oq-tepa) – 4.
Abdurazzoq Jo'raev (Kosonsoy) – 4.
Sanjar To'raqulov (Obod) – 4.
Farhod SHokirov (CHust-Paxtakor) – 4.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
Bugun “SHarq” mintaqasida 5ta uchrashuv bo'lib o'tadi. “Bunyodkor-2” – “Kosonsoy” bahsi malum sabablarga ko'ra ertaga bo'lib o'tadi.
8-tur. 7 may (chorshanba)
“CHust-Paxtakor” – “NBU-Osiyo”
“Lokomotiv-BFK” – “Oq-tepa”
“Qo'qon-1912” – “Paxtakor-2”
“Uz-Dong-Ju” – “Istiqlol”
“Obod” – “Xotira-79”
8 may (payshanba)
“Bunyodkor-2” – “Kosonsoy”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Qo'qon-1912 | 7 | 4 | 3 | 0 | 12 - 3 | 9 | 15 |
2 | Oq-tepa | 7 | 4 | 1 | 2 | 13 - 8 | 5 | 13 |
3 | Xotira-79 | 7 | 4 | 1 | 2 | 10 - 6 | 4 | 13 |
4 | Kosonsoy | 7 | 4 | 0 | 3 | 13 - 10 | 3 | 12 |
5 | UzDongJu | 7 | 4 | 0 | 3 | 11 - 9 | 2 | 12 |
6 | NBU-Osiyo | 7 | 4 | 0 | 3 | 10 - 8 | 2 | 12 |
7 | Obod | 7 | 4 | 0 | 3 | 11 - 10 | 1 | 12 |
8 | Bunyodkor-2 | 7 | 2 | 1 | 4 | 6 - 9 | -3 | 7 |
9 | Istiqlol | 7 | 2 | 1 | 4 | 11 - 17 | -6 | 7 |
10 | CHust-Paxtakor | 7 | 2 | 0 | 5 | 7 - 13 | -6 | 6 |
11 | Lokomotiv BFK | 7 | 1 | 3 | 3 | 4 - 8 | -4 | 6 |
12 | Paxtakor-2 | 7 | 1 | 2 | 4 | 5 - 12 | -7 | 5 |

Fikrlar