So’nggi yangiliklar

00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:25А Серияда чемпионлик масаласи ҳал бўлмоқда: "Интер" ёки "Наполи"  12 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  1 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  3 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  73 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  3 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  1 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1

Birinchi liga. "Nurafshon" - "Dinamo" 1:6 Yangiliklar

Birinchi liga. "Nurafshon" - "Dinamo" 1:6

Teglar :  DinamoNurafshon
Birinchi Liga ikkinchi davrasining dastlabki uchrashuvida Buxoroga safar qilgan Dinamo jamoasi Nurafshon ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

Butun o'yin davomida Ilhom SHaripov shogirdlari mezbonlardan har tomonlama ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Bahsni hujumkor boshlagan samarqandlik futbolchilar o'yinning dastlabki 10 daqiqasidayoq bahs taqdirini hal etib qo'yishdi.

Hujumkorlik natijasida 2 va 3-daqiqalardayoq Viktor Klishini dublga erishgan bo'lsa, 8-daqiqada yana bir hujumchi Amirjon Safarov o'z goli bilan hisobni 0:3ga etkazib, Samarqanddan etib kelgan o'nlab muxlislarga quvonch bag'ishladi. Oradan yana bir daqiqa o'tib Evgeniy Kochnev hisobni qisqartirishga erishdi, 1:3.

Tezkor gollar buxorolik futbolchilarni sarosimaga tushirib qo'ydi. Birin-ketin hujumlardan yana biri 21-daqiqada Viktor Klishinning uchinchi goli bilan yakunlandi va u o'z xet-trikini nishonladi, 1:4.

Birinchi bo'lim yakunida esa chap qanotda ancha faol bo'lgan Saidjamol Davlatjonov hisobni 1:5 ko'rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo'limda o'yin taqdiri amalda hal bo'lganligini har ikki tomon ham tushunib to'p surishdi. SHunga qaramay muxlislar hujumkor futbol guvohiga aylanishdi. Natijada zaxiradan maydonga tushgan Doston Ibragimov 72-daqiqada Nurafshon jamoasi darvozasiga o'yindagi 6-golni urib, yakuniy natijani o'rnatdi – 1:6.

Samarqand jamoasi Oliy Liga sari yana bir muhim qadamni tashlab, asosiy raqiblaridan biri ustidan yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. Dinamo navbatdagi turni ham Buxoro viloyatida o'tkazib, 15 avgust kuni Fijduvon klubi mehmoni bo'ladi.

Birinchi Liga.

19-tur. 12 avgust (juma)

Nurafshon – Dinamo – 1:6

Vobkent, 257 tomoshabin.

Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus) – 8,2, D. Sarsenov (Nukus) – 8,3, B. Kannazarov (Nukus) – 8,1, A. Burov - 9

Gollar: E. Kochnev (9) – V. Klishin (2, 3, 21), A. Safarov (8), S. Davlatjonov (42), D. Ibragimov (72).

Dinamo: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov (Mirkomil Lokaev, 61), Ubaydullo Nabiev, Iskandar Xolmirzaev, Jasur Azimov (Komil SHarofutdinov, 46), Saidjamol Davlatjonov, Jonibek Ko'chimov (Doston Ibragimov, 53), Amirjon Safarov (Islom SHaripov, 72), Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 46).

Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent viloyati).

Ogohlantirishlar: Jasur Azimov (Dinamo, 29).

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика