So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

Birgalikda eslaymiz. "Navbahor" oxirgi bor Jizzaxda g'alaba qozongan 2006 yilda futbolda qanday voqealar yuz bergandi? Yangiliklar

Birgalikda eslaymiz. "Navbahor" oxirgi bor Jizzaxda g'alaba qozongan 2006 yilda futbolda qanday voqealar yuz bergandi?

Birgina o'yinga oid qiziq fakt bizni tarixga, unda bo'lgan voqealarni yodga olishga undadi.


FAKT. "Navbahor" 2006 yildan beri Jizzaxdan g'alabasiz qaytmoqda 

Retro suratlar yordamida shu yilda o'zbek futbolida qanday voqealar yuz bergani, nimalar bo'lgani haqida birgalikda eslaymiz. Umid qilamanki, zerikib qolmaysiz.



Afrika qitasida nom qozongan rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashhiy dastlab "Paxtakor"da ish boshlagandi. Uning o'zbek futboli uchun qilgan eng katta ishi tabiiyki Odil Ahmedov degan kelajagi porloq futbolchini kashf qilib bergani bo'ldi. Suratda "Paxtakor"ning murabbiylar shtabi. Darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov hozirda "Olimpik"da ishlamoqda.


O'sha yilning may oyining 25 sanasida "Paxtakor" klubining 50 yillik yubileyi keng bayram sifatida nishonlandi. O'rtoqlik uchrashuviga esa Moskvaning "Torpedo" jamoasi taklif qilingan, Aleksandr Geynrix ikki klub safida maydonga tushgani yodimizda. 


 Bir o'yin tarixi. “Paxtakor”ning 50 yillik yubileyiga bag'ishlangan "Paxtakor" – "Torpedo" uchrashuvi



Valeriy Kuzmichga milliy terma jamoa boshqaruvi ham ishonib topshirildi. Uning oldidagi vazifa 2007 yilgi Osiyo Kubogiga yo'llanma olish edi. Vazifa bajarildi. Lekin rossiyalik mutaxassisning faoliyati uzoqqa cho'zilgani yo'q. 



Osiyo kubogi-2007 saralash doirasidagi Qatarga qarshi Toshkentda kechgan o'yinda Ilyos Zeytullaev terma jamoa libosidagi oxirgi golini urgan. Uning statistikasi: 10ta o'yin 2ta gol


Hozirda "Navbahor"da to'p tepayotgan Asad Sobirjonov 6 yoshda bo'lgan.


"Traktor"dagi o'yinlari bilan tanilgan Pavel Solomin 2006 yil yakunlariga ko'ra mavsum yakunlariga ko'ra 21ta gol bilan eng yaxshi to'purar sifatida qayd etilgandi. U hozir qaerda va nima bilan band? BATAFSIL


"Navbahor"ning Jizzaxdan so'nggi bor g'alaba bilan qaytgan tarkibi. Arif Mirzoev 18ta gol bilan to'purarlar poygasida uchinchi o'rinni egallagandi. 


Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikning hurmatini qozongandi. Oradan bir yil o'tib Rauf Talgatovich milliy jamoa bosh murabbiyiga aylanadi. 


 Aleksandr Geynrix, Aziz Haydarov, Islom Inomovlar qatnashgan 2006 yilgi Osiyo o'yinlarini yodga olamiz



2006 yilning 21-27 may kunlari Osiyo Futbol konfederaciya tomonidan Toshkentda  futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilgan. Finalda O'zbekiston terma jamoasi Serjio Sapo boshchiligidagi Yaponiyaga 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Toshkentda Eronning yakka hokimligiga chek qo'yilgan, Yaponiya esa o'z tarixida ilk bor Osiyo chempioni bo'lgandi. Sapo keyinchalik O'zbekiston futzal terma jamoasida ham ishladi.



Marchello Lippi va uning Italiyasi Germaniya yashil maydonlarida o'tgan Jahon chempionatida bosh sovringa ega chiqqan. Fikrimcha, hammada Italiyaning ko'targan kubogidan, Zidan va Materacci ko'targan janjal yodda qolgan. 


G'ururini barcha narsadan ustun qo'ygan Zidan yoxud  JCH-2006 finali 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика