So’nggi yangiliklar

22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  0 21:51Анвар Бердиев: “Биринчи бўлимда қийинчиликларга дуч келдик”  0 21:14Мбаппе тўланмаган маош масаласида ПСЖ билан судгача келишиб олишни истамади   2 20:45Хосе Венансио Лопес жароҳатлар ҳақида: "Бу шунчаки омадсизлик"  2 20:29Терма жамоа собиқ футзалчиси Абдулла Солиҳов: "Етакчи футзалчиларнинг йўқлиги жамоа ўйинига ўз таъсирини кўрсатмай қолмайди"  0 19:59"Ҳар сафар Салаҳ билан тўқнашиб кетганингизда деворга урилгандек бўласиз"  0 19:26Про лига. "Дўстлик"дан ишончли, "Шўртан"дан йирик ғалаба  3 19:04Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Франция ва Венгрия билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  1 18:28Мбаппе "Реал"га эмас, 2022 йил "Ливерпул"га ўтишига бир бахя қолган  2 17:40Винисиус: "Умидни оқламаганимни биламан"  6 16:35Роналду: "Манчестер Юнайтед" мураббийи бундай демаслиги керак"  12 15:52ЖЧ-2026 саралаши. Осиёда фақат Ўзбекистон, Эрон ва Япония йўқотишларсиз кетмоқда, гуруҳлардаги ҳолат  22 15:125 та гол ва иродали ғалаба. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон баҳсидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  3 14:45Сречко Катанец: "Биз тўлиқ маҳоратимизни намойиш этмай туриб, уч очкони қўлга киритдик. Рақиб дарвозабони ўз жамоасини учта голдан сақлаб қолди"  18 14:20Футзал. Аргентина ҳам Тошкентга етиб келди  3

Bir qo'ldan chiqayotgan qarsak Yangiliklar

Bir qo'ldan chiqayotgan qarsak

O'FA rasmiy saytida ettita klubga nisbatan taqiq qo'yilgani haqida xabar chiqdi.

Ushbu xabar saytimizda ham elon qilindi. Masala shundaki, ettita klub o'tgan mavsum uchun legionerlarga (xorijlik futbolchilar yoki murabbiylar) to'lanadigan pulni to'liq (yoki umuman) to'lamagan. 

Xabarda shunday deyiladi: "Qo'mita azolari o'zaro muhokamalardan so'ng 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan to'lovni amalga oshirmagani uchun "Nasaf", "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Surxon", "Qo'qon-1912", "Buxoro", "Oqtepa" futbol klublariga 2021 yilgi mavsum uchun legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilindi". 

Bu xabar chiqqach, ko'plab gap-so'zlarga sabab bo'ldi va aksar muxlislar tomonidan norozilik kayfiyati bildirildi. Saytimizda qoldirilgan kommentlarning ko'pida muxlislar atayin klublarni "sindirish" maqsadida shu xabar chiqqan deya norozilik ifodalangan. 

2020 yil uchun chiqarilgan Reglamentning 6.27 va 6.28 bandlarida shunday deyilgan: 

6.27 Legioner futbolchi xizmatidan foydalanayotgan klub yilda bir marta legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun to'lov qiladi. Agar futbolchi mavsum davomida bir klubdan boshqasiga o'tsa, u holda legioner xizmatidan foydalanayotgan yangi klub ham xuddi shu to'lovni amalga oshiradi. 

6.28 Legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov amalga oshirilmagunicha legioner futbolchi ro'yxatdan o'tkazilmaydi. 

Reglamentning 19.9 bandida esa bu summa qancha ekanligi ham ko'rsatib o'tilgan: 

19.9 O'zPFL musobaqalarida O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan futbolchining mehnat shartnomasi ro'yxatga olinishi uchun, ularni ishga qabul qilayotgan klub har bir legioner uchun O'zPFL hisob raqamiga 50 000 000 so'm pul o'tkazishi lozim. Murabbiy va mutaxassislar uchun esa 25 000 000 so'm o'tkazilishi lozim. Ayollar jamoalari uchun jalb etiladigan legioner futbolchi va murabbiyni ro'yxatdan o'tkazish uchun badal puli olinmaydi.

Bu degani Superliga yoki Proligadagi istalgan klub xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi uchun 50 million so'm, xorijlik murabbiy yoki mutaxassisni ro'yxatdan o'tkazishi uchun 25 million so'mni PFL hisob-raqamiga o'tkazib berishi lozim. Yani, bu summa har bir xorijlik fuqaroga nisbatan belgilangan. Agar sizning jamoangizda 4+1 limiti bo'yicha legionerlar bo'lsa, bu pullar jami 250 million so'mni tashkil etadi.

SHu o'rinda bir savol tug'iladi: PFLning legionerlar uchun badal olishi to'g'rimikin? Klublar shundoq ham Superliga va O'zbekiston Kubogida ishtirok uchun 2018 yildan beri har mavsum 500 million so'mni to'lab kelyapti. 

2017 yil futbolimiz tepasiga yangi rahbarlar kelganidan so'ng 2018 yil badal puli 500 million so'm belgilab qo'yildi. SHunda aksar klublar norozi bo'lishgandi. Buning evaziga PFL klublarga engil bo'lishi uchun hakamlar va nazoratchilar yo'lkirasi, yotog'i va ovqatlanishini to'liq o'z zimmasiga oldi. Natijada klublar hovuri biroz bo'lsa-da pasaydi. 

O'tgan ikki yil davomida esa badal puli imkon qadar kamaytirilishi haqida gap bordi, lekin amalda bunday bo'lgani yo'zq. Qaytanga hakamlar yo'lkirasi va boshqa xarajatlari yana klublar zimmasiga biriktirib qo'yildi. Bundan tashqari Superliga klublari qoshida ayollar va futzal jamoalari bo'lishi shart deyilgan. Va Superliga jamoalari futzal musobaqasi uchun 50 million so'm, ayollar oliy ligasi uchun ham 50 million so'm badalni to'lab kelyapti. Yani, bir klub yil davomida PFL hisob-raqamiga 600 million so'mni o'tkazib beryapti. 

O'tgan yil hammamiz uchun og'ir keldi. Pandemiya ko'pchiligimizning ro'zg'origa bolta urgani bor gap. Mana shunday pallada PFL ham klublarga yordam bersa to'g'ri emasmi? Masalan, nima sababdan legionerlar uchun 50 milliondan to'lash kerak, haligacha tushunmaymiz. OFK Osiyo chempionlar ligasi uchun legionerlar limitini 3+1 qilib qo'ygan va bunda hech qaysi legioner uchun badal olmaydi. Klublar faqat limitga qarab ish tutsa bo'lgani. 

Lekin nima uchun bizda boshqacha ishlanishi kerak? Mayli, PFL legionerlarga limit belgilasin, 4+1 qilib qo'ydimi, klublar 5tadan ko'p legioner chaqirmasin. Faqat bu o'rinda ularning har biri uchun oylik maosh, uy-joy kabilar bilan taminlaganidan tashqari yana PFL uchun 50 million so'mdan berishi ortiqcha xarajat emasmi? 

Futbol bu - baynalmilal o'yin. Angliya klublariga qarang, bazi o'yinlarda birorta ham inglizni ko'rmaysiz. Faqat legionerlar! Futbol - shunaqa o'yin, kim kuchli bo'lsa o'sha maydonga chiqadi. Maydonda hech kim futbolchining pasportiga qaramaydi, o'yiniga qarab baho beradi. Muxlislar ham shundan zavq oladi. Angliyada legionerlar uchun to'lov bormi, bundan xabarimiz yo'q. Bo'lsa ham ularning moliyaviy holatini bizniki bilan taqqoslamagan maqul.

Yana O'FA saytidagi xabarga qaytamiz. Legionerlar uchun to'lovni amalga oshirmagani uchun 7ta klub - "Nasaf", "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Surxon", "Qo'qon-1912", "Buxoro" va "Oqtepa" klublariga bu mavsum legionerlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilibdi. Nomlari sanab o'tilgan 7ta klubning u qadar boy emasligi va imkoniyatlari keng emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bu bilan PFL rahm qilsin demoqchi emasmiz, shunchaki barcha klublardan to'lov qabul qilishni voz kechsin.

PFL - musobaqa tashkil qiluvchi va o'tkazuvchi tashkilot. Va bu o'rinda klublarga ko'proq engillik yaratib berishi kerak deb o'ylaymiz. Qaytanga klublar o'sha pulni stadionni yaxshilashga, jamoadagilar uchun qulay sharoit yaratib berishga sarflagani maqul emasmi? Nima uchun bizda bu legioner, bu mahalliy deb odam ajratilishi kerak? Mayli, istalgan klub o'zi xohlagancha legioner olib kelsin, kim kuchli - kim kuchsizligini muxlislar baho berib aniqlab oladi. Qolaversa, legioner uchun javobgar ham avvalo klublarning o'zi hisoblanadi. 

SHunday ekan, aynan legioner murabbiy yoki futbolchi uchun to'lanadigan badal pulidan voz kechilishi tarafdoriman. Albatta, bu shaxsiy fikr va balki kimdir qo'shilmasligi mumkin. SHu bois keng muhokamaga qo'ysa arziydi. Maqola oxirida aytadigan gapim: xalqimizda qars ikki qo'ldan chiqadi degan ajoyib naql bor, lekin xorij pasportiga ega fuqarolar uchun olinadigan badal to'lovi bu o'rinda go'yoki bir qo'ldan chiqayotgan qarsakka o'xshab qolyapti. Bir qo'l bilan qarsak chalish mumkinmi? Va ovoz jarangdor chiqmasa qarsak bo'ladimi?


Ettita futbol klubiga nisbatan legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi qo'yildi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика