So’nggi yangiliklar

00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  0 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5

“Bir futbolchi tarixi”. Balotellini o'ziga kumir deb hisoblaydigan Moyze Kin haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Balotellini o'ziga kumir deb hisoblaydigan Moyze Kin haqida

Italiya – iqtidorlar yurti, shunday emasmi?!

Odatda bu mamlakat haqida gapirganimizda kuchli himoya chizig'i, yulduz futbolchilar yodimizga kelaveradi. Nafaqat futbolchilar, balki o'sha makondagi futbol chempionati, u erdagi grand hamda o'tmishdagi grand jamoalarning hozirgi holati insonni A Seriya o'yinlariga qiziqtiraveradi. Del Pero, Balotelli, Luka Toni kabi hujumchilar bo'lgan va bugungi kunda ham yangi avlod vakillari o'sib bormoqdalar. 2019 yilning boshida “Yuventus” safida yosh iqtidor porlab chiqdi, o'yinlarda o'zini ko'rsata oldi va o'sha davrda tarkibida potugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu bo'lsa ham markaziy hujum chizig'ida biroq qiynalib qolgan turinliklar aynan shu hujumchini kashf qilishdi. Bu – Moyze Kin. Bugun ushbu futbolchi bilan tanishamiz.


Moyze Kin – kim o'zi u?

Millati ivaur bo'lgan italiyalik Moyze Kin 2000 yilning 28 fevralida Pemont provinciyasining Verchelli shahrida dunyoga keldi. Ota onasi aslida Kot-d'Ivuar fuqarolari. Onasi mamlakatidagi urushdan qochib kelgan bo'lsa, otasi yaxshi hayot ilinjida Italiyaga qadam qo'ygan.  


Klublardagi faoliyati haqida

Kin dastlabki futbol sirlarini “Torino” hamda “Yuventus” jamoalarida o'rgandi. Professinol futbolga boshqalarga qaraganda juda erta kirib keldi deyilsa shak-shubha bo'lmaydi. 2016/17 yilgi mavsumda “Yuventus”ning asosiy jamoasi bilan birgalikda mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshladi. Italiya chempionatidagi debyutini esa 2016 yilning noyabr oyida nishonladi. “Peskara” jamoasiga qarshi o'yinda “Yuventus” safidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Aynan o'sha yili noyabr oyining 22 chisida ECHLda ham debyut qilishga erishdi. Aynan ushbu ishtiroki bilan futbolchi 2000 yilda tug'ilgan charm to'p ustalari orasida CHempionlar ligasida o'ynagan ilk o'yinchiga aylandi. 

U nafaqat 2000 yillar orasida ECHLdagi debyuti bilan, balki Evropa milliy chempionatlarida gol urgan ilk futbolchiga ham aylandi. 2017 yilning may oyida, A Seriyaning so'nggi bahsida Kinga imkoniyat berildi. Zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchi o'yinning 90+4 daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi va yuqorida keltirgan statistika bo'yicha ham birinchi futbolchiga aylandi. “Bu golni mehribon onajonim va oilamga bag'ishlayman. Garchi u mening gol urganimga ishonmasligini bilsam ham” – degan edi Moyze aynan o'sha o'yindan so'ng.

Keyingi mavsumda esa Moyze Kin “Verona” jamoasiga ijaraga berib yuborildi. “Menda yoshligimdan g'oliblik mentaliteti shakllandi. Bu “Yuventus” tizimida shug'ullangan bola uchun oddiy hol - boshqacha bo'lishi mumkin ham emas. Umidvormanki, yangi klubda barchasini isbotlayman, jamoadoshlarimga o'rnak bo'laman. Turinda o'rganganlarimni amalda ko'rsata olsam, bas. Ha, hozir atigi 17 yoshdaman va hali o'yinimning ko'plab jihatlarini sezilarli darajada yaxshilashim zarur. SHaxsim haqidagi gap-so'zlar o'z yo'liga. Misol uchun, maqtovlarga chalg'imay, har kunlik mashg'ulotlarga jiddiy yondashishim va qattiq ter to'kishim zarur. Yo'qsa, asosiy tarkibdan joy olishim dargumon” – degan so'zlarni aytgan edi Moyze aynan o'sha vaqtda. Ushbu jamoada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan hujumchi 2017/18 yilgi mavsumda A Seriyada 19 o'yin o'tkazdi hamda 4 marotaba to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. “Verona”ning B Seriyasiga tushib ketish esa uni yana Turinga qaytishga undadi…

2018 yilning yozida “Yuventus”ga qaytgan Kin o'zini ko'rsata oldi hamda butun mavsumda 13 o'yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 6 bor yo'l topa oldi. Samaradorlik jihatdan o'tgan yillarga qaraganda ancha yaxshi edi. “Yuve” Kinga katta maktab bo'lsa oldi. Onasi intervyulardan birida: “Barchamiz “Yuventus” rahbarlaridan bag'oyat minnatdormiz. Ular o'g'limga doimo umid bilan qarashadi, alohida ruhlantirib kelishadi. Mana, bugun Moyzega imkoniyat taqdim etib, adashishmadi. Asosiy fakt shuki, o'g'lim shu erda ulg'aydi, talim oldi, oyoqqa turmoqda. Buning uchun “Yuventus”ga faqat va faqat chuqur tashakkur izhor qilaman. Binobarin, Moyzening hozirgi darajaga etishida klubdagilar ko'p ishlashganini yaxshi bilaman. Axir hech kim o'zicha professional bo'lib qolmaydi-ku” – deya takidlagan edi.

2019 yil yoz faslida esa Kinga juda ham ko'p takliflar tusha boshladi. Yosh hujumchini o'z safida ko'rmoqchi bo'lgan jamoalar ko'p edi, Moyze esa takliflar orasidan “Everton”ni tanladi hamda liverpulliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi esa oz emas, ko'p emas 27,5 million evroni tashkil etdi. Biroq ushbu mavsum Kin uchun ham, uning personal muxlislari uchun ham kutilganidek bo'lmadi. SHunday bo'lsa-da, APLda 29 o'yinda ishtirok etdi, bor yo'g'i 2 gol urdi. Liverpulliklar esa mavsum so'nggida Kinni ijaraga berishga qaror qilishdi. Moyze esa 2020/21 yilgi mavsumni esa PSJ safida o'tkazishni maqul ko'rdi. Kinda “Yuventus”ga qaytish uchun ham imkon bo'lgan, lekin uning o'zi xohlamagan edi. "Bu haqiqat, "Yuventus"ga qaytishim ham mumkin edi. Biroq oilam bilan birgalikda Liga 1 da o'ynash borasida qarorga keldik. Parijda ko'p bo'lganman, bu erda qarindoshlarim yashaydi. Bundan fantastik darajada tajriba olishga umid qilaman. Yoshman, top-forvardlar bilan birga o'ynash menga yoqadi. Ulardan nimalarnidir o'rganib, men ham yuqori marralarga erishishim mumkin" – deya aytgan Moyze Kin. 

Kin o'ziga kumir sifatida kimni ko'rishini bilasizmi? “Mario Balotellini asosiy kumirim sifatida ko'rsataman. Uning o'yiniga havasim baland, ayniqsa. Aslida Mario olijanob yigit, deylik, menga hamisha kerakli maslahatlar berib turadi. Aytishicha, u mening o'zi tushgan holatlarga yo'liqmasligimni istaydi. Haqiqiy do'st!” – deb aytgan edi Kin o'zining intervyularida. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Moyze dastlab Italiyaning yoshlar terma jamoasida o'ynadi. 2016 yilda U-17 jamoasi bilan birgalikda Evropa chempionatida ishtirok etib, 2 o'yinda 1 marta gol urdi. Oradan ikki yil o'tib Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini tomonidan asosiy terma jamoaga chaqiruv oldi va 18 yoshida terma jamoadagi debyutini nishonladi. Dastlabki o'yinini AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazdi. Debyut golini esa oradan bir yil o'tgach Evropa chempionati saralashida Finlyandiya termasi darvozasiga urdi. 


Mino Rayolaning mijozi

Moyze Kinning agenti Mino Rayola. Siz bu inson haqida eshitib ulgurgandirsiz. Ibragimovich, Pogba, Mxitaryan, Lukaku, Donnarumma, Verratti va Balotelli kabi futbolchilar birga ishlaydigan agent, “Yuve”dagi iqtidor bilan ham hamkorlik qilish uchun kelishuvga erishgan.


SHaxsiy hayoti

Ijtimoiy tarmoqlarda doim ham faol bo'lmaydigan italiyalikning Instagram tarmog'iga nazar tashlasak, u erda maydondagidan tashqari asosan yaqinlari bilan birgalikda dam olish vaqtida tushgan suratlarini ko'rish mumkin.




Futbolchi haqida uzundan-uzoq gapirish mumkin. Yaxshisi, uning haqiqiy harakatlari, faoliyatini maydonda ko'rganimiz maqul. Biz sizga uning tarixi haqida so'zladik, oldinda turgan jarayonlarni esa bizga bugungi kunda millionlar o'yinidan, milliardlar o'yini aylangan futbol va uning ichidagi o'yinlar javob berishi mumkin. Hali biz bu futbolchiga qaytamiz hamda faoliyat bu maqoladan keyingi faoliyat tarzini so'zlab beramiz. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика