So’nggi yangiliklar

15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  0 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   7 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  0 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  7 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1 10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  9 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  9 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0

“Bir futbolchi tarixi”. 15 yoshigacha basketbol bilan shug'ullangan Lautaro Martines haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. 15 yoshigacha basketbol bilan shug'ullangan Lautaro Martines haqida

Argentina deganda xayolimizga keladigan ilk so'z – Lionel Messi.

Katta avlod vakillari balki bu mamlakatni Maradona bilan eslar, biroq hozirgi kunda Leo Argentinaning timsoli. Ushbu davlat to'g'risida Vikipediyadan ko'p malumotlar olish mumkin, biroq futbol deganda baribir esga o'tmishdagi va hozirgi kundagi afsonalar kelaveradi. Serxio Aguero, Xaver Maskerano, Gonsalo Iguain kabi futbolchilardan keyin ham u erda iqtidorlar etishib chiqaveradi. O'tgan yili yozgi transferlar oynasida “Barselona”ga o'tishga juda yaqin kelgan, biroz vaqtdan so'ng “Real Madrid”ga transfer qilinishi haqida xabarlar chiqqan Lautaro Martines – bizning bugungi qahramonimiz. 


Lautaro Martines – kim o'zi u?

Lautaro Xaver Martines 1997 yilning 22 avgust kuni Buenos-Ayres provinsiyasining Baiya-Blanka shahrida tug'ilgan. Qahramonimiz 15 yoshigacha basketbol bilan shug'ullangan. Keyinchalik esa futbolni tanladi hamda mahalliy “Layners” jamoasi safiga borib qo'shildi. Uning otasi ham professional futbolchi sifatida aynan shu jamoada to'p tepgan. 


Klublardagi faoliyati haqida

17 yoshida futbolchi Avelyanedaning “Rasing” jamoasiga ko'chib o'tdi. O'sha vaqtlari futbolchi bor etiborini yoshlar jamoasiga qaratdi. 64 uchrashuvda 53 ta to'p kiritgan futbolchi hali Argentina chempionatida debyut qilmasidanoq turli nashrlar u haqida yozishni boshladi va Evropaning bir qator jamoalari etiboriga ham tushishga ulgurdi.  

“Rasing” safidagi debyutini 18 yoshida nishonladi. 2015 yilning 1 noyabr kuni “Kruzero del Norte” jamoasiga qarshi uchrashuvda futbolchi zaxiradan o'yinga qo'shildi. "Men bunday vaqtli debyut qilib, gol urishimni hech ham kutmagandim. Hali yosh bola paytim forvard poziciyasida o'ynaganman. Lekin murabbiy faolroq bo'lishimni talab qilardi. U men xuddi yoshlar jamoasi to'p tepyotgandek harakatlanishimni so'rardi”, — deya yodga oldi Lautaro Martines debyutidan so'ng. O'sha uchrashuv futbolchi uchun mavsumdagi ilk uchrashuv bo'lib qoldi. 2016 yilgi mavsumda esa 3 o'yinda maydonga tushdi hamda birinchi golini ham urishga erishdi. “Hurakan” jamoasi bilan bo'lgan bahsda Lautaro debyut golini urdi. 2016/17 yilgi mavsumda qahramonimiz jami 23 uchrashuvda ishtirok etib, 9 marotaba to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 2017 yilning so'nggida unga bir qator jamoalardan takliflar tusha boshladi. Jumladan, “Atletiko”, “Barselona”, “Monako” kabi klublar futbolchini o;z safiga qo'shib olmoqchi bo'ldi.  

2018 yilning 28 fevral kuni Martines Libertadores Kubogi doirasidagi Braziliyaning “Kruzeyro” jamoasi bilan bo'lgan bahsda xet-trik qayd etdi. SHundan so'ng, futbolchi bilan Italiyaning “Inter” jamoasi ham qiziqa boshladi. 2018 yilning yozida esa Lautaro milanliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi hamda “Inter” safiga ko'chib o'tdi. Transfer summasi 25 million evroni tashkil etdi. Italiya A Seriyasidagi ilk uchrashuvini “Sassuolo”ga qarshi o'yinda o'tkazdi. 29 sentyrab kuni “Kalyari” jamoasi bilan bo'lgan bahsda Lautaro milanliklar safidagi ilk golini urdi. Bir necha uchrashuvlardagi faol harakatlari, gollar urganiga qaramay (“Napoli”, “Fiorentina” jamoalariga qarshi bahsda gollar urgan) Martines zaxira futbolchisi bo'lib qolaverdi. Lautaro 2019 yilgi ilk uchrashuv – “Benevento”ga qarshi o'yinda dubl qayd eta oldi. “Milan derbisi”da futbolchi bir gol va bir assistni amalga oshirgan bo'lsa-da, baribir asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Mavsum so'nggida “Inter” CHempionlar ligasiga yo'llanma oldi. Bosh murabbiylik o'rniga esa Antonio Konte keldi. Martines esa yangi mavsumda ECHL doirasida “Slaviya” hamda “Barselona”ga qarshi uchrashuvlarda gollar urishga muvaffaq bo'ldi.  

Italiya A Seriyasining 2020/21 yilgi mavsumidagi 15-tur doirasida bo'lib o'tgan “Krotone”ga qarshi o'yinda Martines xet-trik muallifiga aylandi. O'yindan so'ng futbolchining o'zi: “Xet-trik? Bu uchun xursandman. Doimo jamoa uchun astoydil harakat qilaman. Uchta golimni oilamga, aniqrog'i yaqinda dunyoga keladigan qizimga va albatta, rafiqam Avgustinaga bag'ishlayman. Biroq, men uchun asosiysi gollar emas, balki klubning g'alabasidir. CHempion bo'lish uchun kurashishda davom etamiz” – deya takidlagan edi.

Yozgi transferlar oynasi ochiq vaqtida futbolchining “Barselona” safiga o'tishi haqida xabarlar chiqdi. Ushbu xabarlar so'nib, futbolchi milanliklar tarkibida faoliyatini davom ettirayotgan vaqtda bergan intervyusida: “Inter” – mening uyim. Bu klub men uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu erda muxlislar men bilan har doim iliq munosabatda bo'lib kelishadi, ular ajoyib. SHunday ekan, men bor kuchim bilan mehnat qilib, maydonda borimni berib, “Inter” libosiga loyiq bo'lishga harakat qilaman” – degan edi.


Terma jamoadagi faoliyati 

2017 yilda Martines Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadordagi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Peru, Boliviya, Kolumbiya, Braziliya, Ekvador, Venesuela va Urugvay terma jamoalariga qarshi o'yinlarda qatnashdi. Lautaro mazkur musobaqada beshta gol urdi. SHuningdek, o'sha yili Martines Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Gvineya, Angliya va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o'yinlarda qatnashdi. Gvineyaliklarga qarshi duelda Lautaro dubl muallifiga aylandi.

Argentinaning asosiy terma jamoasidagi debyutini esa 2018 yilning mart oyida Ispaniyaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida nishonladi. 11 oktyabr kuni Iroq termasiga qarshi bahsda esa futbolchi terma jamoasi safidagi ilk golini urdi. Martines 2019 yili Braziliyada bo'lib o'tgan Amerika Kubogida ham ishtirok etdi. Turnir davomida Paragvay, Qatar, Venesuela va Braziliya terma jamoalariga qarshi o'yinlarda qatnashib, qatarliklar hamda venesuelaliklarga qarshi uchrashuvlarda gol urdi. 

Argentinalik futbolchi Ernan Krespo Lautaro haqida “Biz allaqachon Mauro Ikardi va Paulo Dibala haqida bilardik. Lautaro Martinesning nimalarga qodirligini endi bilyapmiz. Lautaro yangi Serxio Agueroga aylanishi mumki. Unda Agueronikidek tezkor dribling yo'q, ammo u – Kundan ko'ra jamoaviy o'yinchi. U maydondagi o'rnini tez-tez o'zgartirib, raqiblarni chalg'itadi. Lautaro doim harakatda, shuning uchun u markaziy hujumchi rolida ham yoki Romelu Lukaku singari forvard bilan sheriklikda ham o'ynay oladi. Hatto u 3 kishilik hujum chizig'ida ham o'zini ko'rsatishi mumkin. Menga uning maydondagi fikrlashi yoqadi” – degan fikrlarni aytgan edi. 


SHaxsiy hayoti

Lautaro Martines Instagram tarmog'ida o'zi va sevgan qizi bilan tushgan suratlarini elon qilib turadi.


Agustinaning o'zi Instagramda juftlik “yangi mehmon” kutayotgani haqida post qoldirgan.


“Milan”, “Inter”, “Roma” kabi jamoalar oxirgi yillarda Xalqaro maydonda ham, ichki chempionatda ham yaxshi natija qayd eta olishmayapti. Ha, aytishingiz mumkin, barchasiga “Yuventus”ning gegemonligi sabab deya. Biroq, murabbiylar ko'p narsani hal qilmoqda bugungi kunda. Kontening “Inter”ga kelishi, “Yuve”ni murabbiylik faoliyatida kam tajribaga ega bo'lgan Pirlo qo'lga olishi hozirgi natijalarga o'z tasirini o'tkazmay qolmagan. Futbolchilarni qanday o'ynashi ham ko'p hollarda murabbiylarga bog'liq. Spalettidan keyin kelgan Antonio Konte Martinesni zaxira futbolchisidan asosiy tarkibning ajralmas bo'lagi qilib qo'ygani ham etirofga sazovor. Argentinalik futbolchi hali o'zini to'liq namoyon etmagan, degan yaxshi gumonda bo'lamiz va futbol uchun yana bir MEGA TOP darajadagi iqtidor etishmoqda deymiz.


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика