Bikmaev Eronga qarshi o'ynay olmaydi
07 iyu 2017 17:23
Yangiliklar
Bikmaev Eronga qarshi o'ynay olmaydi
“Lokomotiv” azosi kecha, 6 iyun kuni Tailandga qarshi (2:0) o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida jarohat olib, 52-daqiqa maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.
Dastlabki tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, Marat Bikmaev Eronga qarshi JCH–2018 saralash o'yiniga qadar tiklana olmasligi malum bo'ldi. SHu jumladan, Davron Xoshimov klubda orttirib olgan jarohatidan butunlay forig' bo'lmadi va u ham Tehron safarini o'tkazib yuboradi.
Avvalroq jarohatlari tufayli Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv” Toshkent) va Aleksandr Merzlyakov (“Qo'qon-1912”) olingan jarohatlari sabab terma jamoaning Tailand va Eronga qarshi bellashuvlarini o'tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston uchrashuvi 12 iyun, dushanba kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanishi ko'zda tutilgan.
Fikrlar