Beyl: "Menga faqat futbol o'ynash yoqadi - bu meni baxtli qiladi"
23 okt 2020 13:28
Yangiliklar


Beyl: "Menga faqat futbol o'ynash yoqadi - bu meni baxtli qiladi"
"Tottenxem" hujumchisi Garet Beyl Evropa Ligasi doirasidagi LASK (3:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz baxtlimiz. Biz o'yin qiyin bo'lishi mumkinligini tushungandik, o'yinga professional tarzda yondoshdik va 3 ochkoga ega bo'lishni xohlagandik. Guruhdan chiqishni xohlaymiz.
Biz jismoniy jihatdan tayyormiz, bizda ko'p o'yinchilar bor, ammo biz ko'plab musobaqalarda qatnashmoqdamiz. Bizda ajoyib jamoa bor.
Tarkibga qaytish zo'r bo'lardi. Anchadan beri klub miqyosida o'ynamadim. Bu o'yin meni keskinroq va tezkorroq qiladi. Menga faqat futbol o'ynash yoqadi - bu meni batli qiladi", - deydi Beyl.
O’xshash yangiliklar
20:59
APL. "Chelsi" minimal hisobda "Lester"ni taslim etdi, "Tottenxem" esa mag'lubiyatdan qutulib qoldi 3

Fikrlar