Bernardu Silva CHL chorak finalida "Yuventus"ga to'qnash kelishni istamayapti
14 mar 2019 18:54
Yangiliklar


Bernardu Silva CHL chorak finalida "Yuventus"ga to'qnash kelishni istamayapti
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva CHempionlar ligasi chorak finalida "Yuventus"ga to'qnash kelishni xohlamayotganini aytdi.
Ertaga, 15 mart kuni chorak final juftliklarini aniqlash uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
"Krishtianu Ronalduni va u nimaga qodirligini yaxshi bilaman. U seshanba kuni bor kuchini ko'rsatdi. Krishtianu so'nggi 15 yil ichida futbolda qilgan ishlaridan so'ng, tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi deb hisoblayman.
CHempionlar ligasidek turnirlarda o'ynasangiz bunday raqib va jamoalarga tayyor bo'lish kerak. Ammo Krishtianuga qarshi o'ynash doimo qiyin" - deydi Bernardu Silva.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar