Belyaevskiy: "Agarda Jasur bo'lganida yana ikkita urgan bo'lardik"
05 iyu 2020 10:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578955_original.jpg)
![](/upload/storage/578955_220.jpg)
Belyaevskiy: "Agarda Jasur bo'lganida yana ikkita urgan bo'lardik"
- Bu o'yinga doimgidek tayyorlandik. Hech qanday muammolar bo'lmadi. SHunchaki o'zimiz uchun muammo yaratdik - qizil kartochka jonga tegdi. Biroq omadimiz keldi.
Agarda Jasur bo'lganida BATEga yana ikkita urgan bo'lardik. CHunki qarshi hujumlarga tez o'tib ketayotgandik. Umuman olganda barchasi yaxshi ketyapti.
- "Talabalar"ning maqsadi o'zgaradimi? Balki jamoa evrokuboklar uchun kurashishni boshlashi kerakdir?!
- Biz shuning uchun intilyapmiz. Pastga sho'ng'ish kerak demayapmanku. Qadam va qadam evrokuboklarga ham erishamiz. Qarang, qanday yosh yigitlar tarkibda o'ynayapti. O'tgan mavsumda bu stadionda 4:0ga yutqazgandik, bugun esa ishonchli o'ynadik.
- Yaxshiboev BATEga o'tadimi?
- Bu haqida ko'p gapirishdi, ammo konkret hech nima yo'q. Uning agentlari kelishdi, muzokaralar davom etmoqda. Ammo gapiradigan aniq gaplar yo'q.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar