OPL. "Sumqayit" o'z uyida mag'lub bo'ldi, "Sabah" mehmonda durang o'ynadi
17 may 19:58
Yangiliklar


OPL. "Sumqayit" o'z uyida mag'lub bo'ldi, "Sabah" mehmonda durang o'ynadi
Ozarbayjon Premer-ligasi 35-tur doirasidagi "Sumqayit" - "Turon" va "Zira" - "Sabah" o'yini bo'lib o'tdi.
"Sumqayit" o'z uyida minimal hisobda mag'lub bo'ldi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Bobir Abdixoliqov 73-daqiqada zaxiraga olindi, yana bir hamyurtimiz, Jasur Jaloliddinov esa aynan o'sha daqiqada maydonga tushdi.
"Zira" va "Sabah" ushbu o'yinda o'zaro durang qayd etdi (1:1). Mehmonlar safida yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev maydonga tushirilmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar