Belotti: "Italiya JCH-2018 uchun revansh olmoqchi"
16 okt 2019 12:55
Yangiliklar


Belotti: "Italiya JCH-2018 uchun revansh olmoqchi"
Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti Evro-2020 saralashi doirasida Lixtenshteyn ustidan qozonilgan g'alab (5:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
Forvard ushbu bellashuvda dubl qayd etgan edi.
"Ko'nglim to'ldi, ayniqsa jamoaning o'yinidan. Murabbiy bizdan so'ragan narsalarni qilishga harakat qildik. Biz ko'rsatmalarni ikkinchi bo'limda yaxshiroq bajardik, bu shundoq ko'rindi.
Butun jamoa murabbiyning ko'rsatmalariga amal qilmoqda. Biz ikki yil oldin sodir bo'lgan voqealar uchun revansh olishni xohlaymiz (Italiya JCH-2018 final bosqichiga chiqa olmagan edi)", - dedi Belotti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar