Enrike Klublar o'rtasidagi JCH stadionlaridagi maydonlar holatidan nolidi
24 iyu 16:43
Yangiliklar


Enrike Klublar o'rtasidagi JCH stadionlaridagi maydonlar holatidan nolidi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Sietl Saunders"ga qarshi o'yin (2:0) bo'lib o'tgan stadiondagi maydon sifatiga baho berdi.
"O'ylaymanki, biz bu o'yinda g'alaba qozonishga haqli edik. Mehmonda, xorijda o'ynash qiyin. Maydon holati Evropadagidek emas. Biz o'zimiz xohlagandek ravon o'ynay olmayapmiz", – dedi parijliklar ustozi.
PSJ "Sietl Saunders"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va turnirning pley-off bosqichiga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar