Enrike Klublar o'rtasidagi JCH stadionlaridagi maydonlar holatidan nolidi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025, 16:43
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Sietl Saunders"ga qarshi o'yin (2:0) bo'lib o'tgan stadiondagi maydon sifatiga baho berdi.

"O'ylaymanki, biz bu o'yinda g'alaba qozonishga haqli edik. Mehmonda, xorijda o'ynash qiyin. Maydon holati Yevropadagidek emas. Biz o'zimiz xohlagandek ravon o'ynay olmayapmiz", – dedi parijliklar ustozi.

PSJ "Sietl Saunders"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va turnirning pley-off bosqichiga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport