Manchini: "Umid qilamizki, Italiya Fransiyaga qarshi yaxshiroq o'yin ko'rsata oladi va g'alabaga erishadi"

Sherzod Nurmatov
12 noya 2026, 18:04
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Fransiyaga qarshi o'yin oldidan birinchi bahsdagi durangni (1:1) eslab o'tdi.

"Hatto himoyalanishga majbur bo'lganimizda ham, bu yaxshi o'yin bo'lgandi. Francuzlar belgiyaliklarga bo'lgani kabi bizga ham jiddiy muammolar tug'dirishdi, ular juda kuchli jamoa. Ammo bizning o'yinimizda ham yaxshilash mumkin bo'lgan jihatlar bor edi. Umid qilamizki, Fransiyaga qarshi yaxshiroq o'yin ko'rsatishga va g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lamiz", – deya Manchinining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

O'yin payshanba, 12 noyabr kuni Milanda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. 15 noyabr kuni esa Fransiya 6-tur doirasida Turkiyani qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com