Suares "Sietl" xodimiga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2025, 13:46
"Inter Mayami"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares Liga Kubogi final uchrashuvidagi mag'lubiyatdan so'ng "Sietl Saunders" klubi xodimlaridan biriga tupurgani uchun 6 o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Bu haqda AP agentligi xabar berdi.

O'yindan keyingi tortishuvdan so'ng "Sietl" murabbiylar shtabi vakili Stiven Lenxart (5 o'yin) va "Inter Mayami"ning ikki nafar futbolchisi – himoyachi Tomas Aviles (3) va yarim himoyachi Serxio Buskets (2) ham chetlashtirildi. Diskvalifikaciya faqat Liga Kubogi o'yinlariga taalluqlidir va diskvalifikaciya qilingan o'yinchilarning Asosiy futbol ligasi (MLS) o'yinlarida ishtirok etishiga to'sqinlik qilmaydi.

Uchrashuv 1 sentyabr kuni bo'lib o'tgan va "Sietl"ning g'alabasi (3:0) bilan yakunlangan. O'yindan so'ng Suares texnik hududga borib, raqib shtab a'zolaridan biriga tupurgandi. Keyinroq futbolchi o'z xatti-harakati uchun uzr ham so'radi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AP News