Belgiya terma jamoasi murabbiyi: "Biz Vitselni kuzatib boramiz"

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 15:49
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Aksel Vitselni hisobdan chiqramayapti.

Futbolchi qishda Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi bilan shartnoma tuzdi.

"Aksel "Tyanczin Cyuanczyan" bilan bitim imzolaganida buni hisobga oldim. Terma jamoaga chaqirilishi mumkin bo'lgan boshqa futbolchilar ham bor. Ammo biz Akselni kuzatishda davom etamiz" - deydi Martines.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sudinfo.be