"Atletiko" Vitsel bilan shartnomani uzaytirdi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2023
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel “matraschilar” tarkibida qoladi.

Taniqli jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, belgiyalik yarim himoyachi shartnomani uzaytirish bandiga muvofiq, Madrid klubi bilan bitimini 2024 yilgacha uzaytirgan. Buning uchun Aksel joriy mavsum barcha musobaqalarda kamida 25 o'yinda 45 daqiqadan ko'proq maydonga tushishi kerak edi.

Eslatib o'tamiz, Vitsel o'tgan yozda Dortmundning "Borussiya"sidan "Atletiko"ga ko'chib o'tgandi. Belgiyalik futbolchi "matraschilar" safida 28 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano