So’nggi yangiliklar

22:30"Барселона" Франция чемпионатидаги ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  18 21:37"Валенсия" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  6 21:34"Астон Вилла" — "Челси". Асенсио ва Палмер асосий таркибда, Рэшфорд захирада  6 21:14"Торино" — "Милан". Таркиблар маълум  2 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  3 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  3 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  13 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  9 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  17 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  9

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon" rahbariyati bilan mavsum oxirigacha kelishuvga erishganmiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon" rahbariyati bilan mavsum oxirigacha kelishuvga erishganmiz"

Pro-liganing 22-turidan o'rin olgan "Turon" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Pro-liganing ikkinchi bosqich uchrashuvlarida oson o'yinning o'zi yo'q. Yuqori beshlikdagi har bir jamoa qattiq kurash olib borayapti. "Mashal" jamoasi himoyaviy o'yinni juda yaxshi tashkillashtirgan, shu sababli birinchi bo'limda ozroq bosimga duch keldik va maydon markazidagi to'p yo'qotishlar tufayli bir nechta qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda Sardor Telyakovni maydonga tushirganimizdan so'ng to'p nazorati bo'yicha ustunlikka ega bo'ldik. Lekin, afsus vaziyatlardan foydalana olmaslik evaziga qimmatli 2 ochkoni boy berdik. SHunga qaramasdan bu o'yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. CHunki ular oxirigacha kurashishdi. Bundan tashqari stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Navbatdagi turda "Andijon" maydoniga safar qilamiz, bu o'yinda ham jamoamiz muxlislari bizni yolg'izlatib qo'ymasliklariga ishonch bildiramiz. 

- "Turon" klubi haqida yaxshi bilasiz va yaqinda bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan bo'lsangiz ham jamoadan yaxshi xabardorsiz. So'ngi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalarga nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz?

- Afsuski, jamoa so'ngi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotdi. "Turon" jamoasiga begona emasman va avvaldan ularning natijalarini kuzatib boraman. Jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan, fidoyi rahbarlari va muxlislari bor. Klub bir necha yillik rejaga ega, men uchun bunday jamoada ishlash sharaf desam ham bo'ladi. CHunki bu erda qilgan mehnatingizning samarasini ko'rish imkoniyati mavjud. Bosh murabbiy bo'lish ish boshladimmi, hozir men selekciyada qatnashmagan kabi mazmundagi bahonalar o'rinsiz. Bugun yigitlardagi xolat yaxshi edi. Biroq ozgina omad etishmadi. Superliga yo'lidagi kurash oxirigacha davom etadi deb o'ylayman. CHunki "Buxoro" ham ikkinchi bosqich avvalida tarkibni anchayin kuchaytirib oldi. "Andijon" va "Buxoro"ga qarshi uchrashuvlar bizning jamoamiz uchun yil o'yinlari bo'ladi. Biz oxirigacha kurashamiz, muxlislar va rahbariyat ishonchini qozonish uchun bor vujudimiz bilan ishlaymiz.

- "Turon" bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Gapning ochig'i, "Turon" ko'p yillik reja asosida ishlaydi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib rahbariyat bilan yil oxirigacha kelishuvga erishdik. Natijalar va jamoa bilan chiqishib ketishimizga qarab yil oxirida yangi kelishuv haqida muzokaralarga o'tamiz. Hozir eng asosiysi vaziyatdan chiqish. Bugun g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilish, jamoa rahbariyati ishonchini qozonishni maqsad qilgan edik.

- Faoliyatingiz mobaynida peshqadamlarni mag'lub etishning uddasidan chiqqansiz. Masalan AGMK bilan kubok finalida "Paxtakor" taslim etilgan. Bundan tashqari, o'tgan mavsumlarda "Qo'qon-1912" bilan aynan "Paxtakor" yirik hisobda mag'lub etilgan. Bundan kelib chiqsa, navbatdagi turda jamoa "Andijon" maydonidan g'alaba bilan qaytishiga umid qilsak bo'ladimi?

- Hozir AGMK va "Paxtakor" bilan o'yinlardagi qayd etilgan natijalar tarix. Hozirgi maqsadimiz "Turon"ni qiyin vaziyatdan olib chiqib ketishga qaratilgan. Navbatdagi turda "Andijon" bilan haqiqiy jang bo'lali. “Mashal" bilan o'yingacha bizda vaqt oz edi. "Andijon"ga qarshi bahs uchun bizda vaqt ozgina ko'proq bo'ladi. Muxlislarimizga "Andijon"ga qarshi o'yinda bizga ishonishlarini va qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolgan bo'lardim. 

- Jamoa futbolchilari Superligaga chiqishni istamayotgandek o'yin namoyish etishmoqda. Ular agar jamoa Superligaga chiqsa tarkibdan tushib qolishlariga xavotir bildirishayaptimi?

- Bu fikringizga qo'shilmayman. Yuqorida aytdim, klub rahbariyati jamoa oldiga juda yuqori maqsadlarni qo'ygan. Nafaqat Superliga, balki yaqin kelajakda OCHLda o'ynash rejasi bor. Bizda hozir bitta maqsad bor, jamoani Superligaga chiqish. 

- Sergey Morozovni almashtirishingiz sababi uning o'yinidan qoniqmaganingizni ko'rsatadimi?

- Morozovning almashtirilishiga sabab "Mashal" aynan uning xududidan qarshi hujumlarga o'tib ketdi. Biz o'yin avvalida bosh bilan yaxshi o'ynashini hisobga olib undan standart vaziyatlarda unumli foydalanish uchun maydonga tushirgandik.

"Mashal" qarshi hujumlarda yaxshi o'ynashini bilardik.

- Bobur Qosimov va Rustam Azimovlar qachon safga qaytishadi?

- Bobur Qosimov jarohatdan tiklanish jarayonida. Afsus, bu mavsum jismoniy xolatiga qayta olmasa kerak. Rustam Azimovni avvaldan bilaman, bo'ydor hujumchi. Rustam ikkinchi qavatda yaxshi ishlaydi. U ozgina betob va bugungi o'yinga tayyor emasdi. Bugun bizga bo'ydor hujumchining foydasi tegishi mumkin edi. Rustam Azimovning jismoniy imkoniyatlarini tiklay olsak, albatta maydonga tushiramiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика