"Bavariya" Zabitcer bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
25 avg 2021 09:50
Yangiliklar
"Bavariya" Zabitcer bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
"RB Leypcig" yarim himoyachisi Marsel Zabitcer faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.
Avstriya terma jamoasi o'yinchisining "buqalar" bilan shartnomasi ushbu mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan va Zabitcer faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishni afzal ko'rdi.
Myunxen klubi 27 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi, ammo "Leypcig" uchun rasmiy taklif berish borasida qaror qabul qilmadi.
"RB Leypcig" sport direktori Florian SHolc klubning Zabitcer borasida rasmiy taklif olmaganini tasdiqladi. Xabarlarga ko'ra, "Leypcig" Zabitcerning sotuvidan 15 mln evro olmoqchi.
Fikrlar