"Bavariya" Ramosni qo'lga kiritmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2021, 20:17
Himoyachining o'zi hali faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini hal qilmagan.

Germaniyaning "Bavariya" klubi erkin agentga aylangan futbolchi Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Myunxen klubi ushbu yozda jamoani tark etadigan David Alaba va Jerom Boateng o'rniga munosib nomzod qidirmoqda.

Shu bois nemis jamoasi Ramos variantini ham ko'rib chiqmoqda.

Futbolchiga "Bavariya"dan tashqari PSJ va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.

Himoyachining o'zi hali faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini hal qilmagan.

Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos "Real" bilan shartnomasi tugagach, erkin agentga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN