"Bavariya" Komanni jarimaga tortadi. U mashg'ulotga klub Audi'sida emas, McLaren'da keldi
17 apr 2020 14:47
Yangiliklar


"Bavariya" Komanni jarimaga tortadi. U mashg'ulotga klub Audi'sida emas, McLaren'da keldi
"Bavariya" avtomobildan foydalanish bo'yicha klub ichki qoidalarini buzganlik uchun yarim himoyachi Kingsli Komanni jarimaga tortadi.
Myunxenliklar Germaniyaning Audi kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
23 yoshli francuz kompaniya taqdim etgan Audi mashinasida emas, McLaren'da mashg'ulotlarga kelgan.
"Menga taqdim etilmagan mashinada mashg'ulotga kelganim uchun klub va Audi oldida kechirim so'rayman.
Sababi Audi'ni oynasiga shikast etgan edi. SHunga qaramay men xatoga yo'l qo'ydim", - deydi Koman.
Futbolchi Bundesligada joriy mavsum 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar