

Ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi Tuxelni kamida mavsum oxirigacha iste'foga chiqarmoqchi emas, ammo ayni damda "Bavariya" bosslari zaxira variantlarni ko'rib chiqishni boshlab yuborishgan.
Nomzodlardan biri sifatida "Real" bilan ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan Zinedin Zidan ko'rib chiqilmoqda. "Bavariya" rahbariyati "Qirollik klubi" sobiq ustozining tajribasi va aurasini juda qadrlaydi, ammo bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.



