So’nggi yangiliklar

15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  0 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10

"Bavariya" inqirozda!? Yangiliklar

"Bavariya" inqirozda!?

Ketma-ket 6 yildan buyon ichki chempionatda g'oliblikni hech kimga bermay kelayotgan, moliyaviy taraflama ancha barqaror holatdagi jamoaga nisbatan inqiroz so'zini ishlatish qanchalik to'g'ri degan o'rinli savol tug'iladi.

Inqiroz so'zini ikki xil manoda ishlatish mumkin. Klubning hozirgi moliyaviy holati havas qilarli darajada. Yozda "Bavariya" juda katta transfer kampaniyasini amalga oshirishga taraddud ko'rayotgani ham klubda moliyaviy taraflama muammo yo'qligidan darak.

Natija jihatdan jamoani inqiroz ko'chasida desak, ketma-ket 6 yildan buyon shohsupadan tushmayotgan jamoaga nisbatan adolatsizlik qilingandek tuyuladi. Orada esa Evropa chempionlar ligasi g'olibligi qo'lga kiritildi, oxirgi 5 mavsumda 4 marotaba yarim final va bir bor chorak finalda o'ynadi. Adolat yuzasidan qaraganda, joriy mavsumda nimchorak finalda to'xtaganini inqirozga yuyish ham burttirib yuborishdek ko'rinishi mumkin. Xush, unda muammo nimada?

Avvalo shuni aytish kerakki, "Bavariya" uchun har yilgi minimum vazifa - Bundesliga chempionligi. O'rtacha yaxshi ishtirok esa oltin dubl. Yani chempionlik va kubok sohibiga aylanish. Maksimum natija esa Evropada ham Germaniya bo'lgani kabi gegemonlikni qo'lga olish. Nafaqat ichki chempionatda, balki xalqaro arenada ham barqarorlikni muntazam ushlab turish.

Bundan 10 yil avval jamoaga taklif etilgan gollandiyalik mutaxassis Lui van Gal "Bavariya"da qisqa muddat ishlagan bo'lsada, shu vaqt oralig'ida tarkibini yoshartirib, qaysidir manoda avlodlar almashuvini amalga oshirgandi. Lui van Galning "Bavariya"dagi ikki yillik faoliyatida jamoa bir marotaba Germaniya chempionligi, Germaniya kubogi sohibi va ECHLda finalga qadar yo'lni bosib o'tishga muvaffaq bo'lgandi. Kelasi yili jamoa ishtiroki keskin pasayib, ECHLda nimchorak final, Germaniya kubogini esa muddatidan avval yakunlagandi. CHempionatda ham ishlar yaxshi kechmagach, rahbariyat Luini mavsum yakunlanmasidanoq ishdan bo'shatgandi. Natijada uning o'rniga vaqtinchalik kelgan mutaxassis Yonker qo'l ostida jamoa yakunda kuchli uchtalikka kirishga muvaffaq bo'lgan.

Kelasi mavsumda esa klub prezidenti Uli Xyoness o'z do'sti bo'lgan, o'shanda "Bayer"da yaxshi ishlab turgan Yupp Xaynkesni jamoaga taklif qiladi va 2 yillik bitimga imzo chekiladi. Aynan mazkur mutaxassis qo'l ostida jamoa ikki yil barqaror o'ynab, klub tarixidagi eng yaxshi natajalarni qo'lga kiritdi. Dastlabki yilda "Bavariya" barcha frontda oxirgi nuqtagacha borib, ammo yakunda hammasidan quruq qolgan. Germaniya chempionatining oxirgi pallasida chempionlik masalasi "Borussiya" bilan o'zaro bahsda raqib foydasiga hal etilgan. Germaniya kubogi finalida ham "Borussiya"dan uchralgan yirik mag'lubiyat "Bavariya" muxlislarida alam ko'zlarini paydo qilgan. Eng alamlisi va og'iri Myunxenda o'tgan ECHL finali va penaltilar seriyasidagi alamli mag'lubiyat. Yuppning ilk mavsumida jamoa barcha frontda oxirgi bekatga qadar mardonavor boradi va uchalasi ham finishni ikkinchi bo'lib tugatadi. Bir qarashda jamoa hech narsasiz qolgan. Lekin tanganing ikkinchi tomoni borki, o'shanda o'tgan yili arang sovrindorlar qatoriga qo'shilib qolgan, ECHLda kuchli sakkiztalikka kirolmagan va mamlakat kubogida qoniqarli ishtirok etolmagan jamoa uchun Yupp qo'l ostidagi ishtirokda yaxshigina o'sish kuzatilganini sezish mumkin edi. O'shanda ko'plab tanqidlar yomg'iri va keskin ayblovlardan faqatgina bir jihat, o'yin sifatida va jamoaning jangovor futboli Yuppni mustahkam himoya qilgandi. SHu boisdan ham istefo yoki shunga o'xshash gaplar jiddiy tus olmagan. Aniqrog'i, murabbiyga ortiqcha savollar tug'ilmagan. Faqatgina xarakter masalasi kun tartibining bosh mavzusiga aylangan. CHunki 2010 yilgi mavsumda ham "Bavariya" aynan finalda o'zini yo'qotib qo'ygani va jamoaning mentalitetida g'oliblik ruhi etishmayotgani aytila boshlagan.

Kelasi mavsumda esa Yupp Xaynkes "Bavariya" bilan nafaqat "Borussiya" bilan o'rtadagi qarama-qarshilik hisob-kitobini chiroyli hal etadi, balki Evropada "Bavariya" shohsupa tepasiga olib chiqqandi. Qizig'i, ECHL finali ham Bundesligaga aylanib ketib, nemis klasikosida "Bavariya" o'tgan mavsumdagi mag'lubiyatlar uchun maksimum revansh olgandi.

Yuppdan keyin jamoaga taklif etilgan Gvardiolaga esa "Bavariya" xalqaro maydondagi etakchiligini qo'lga olishi va bu borada barqarorlikni ushlab turish talab etildi. Qaysidir manoda Pep bu ishni uddaladi. CHunki uning boshqaruvida jamoa Yupp boshlab bergan chempionlikni davom ettirdi. Germaniya Kubogida ham zafar quchdi. Lekin ketma-ket ikki yil ECHL finaliga chiqqan va g'olib bo'lgan jamoa ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida xalqaro musobaqa finalida ishtirok etolmadi. Gvardiolaning "Bavariya"dagi missiyasi shu tariqa tugadi.

"Bavariya" Yupp Xaynkesdan keyin avvaliga ispaniyalik, keyin esa italiyalik futbol ustasi sanalgan Karlo Anchelotti xizmatlariga murojaat qildi. Karlo Anchelottining dastlabki mavsumi yomon kechmadi. Ichki chempionatdagi minimum vazifa doimgidek bajarildi. Lekin na Germaniya kubogi, na ECHLda ko'zlangan maqsadga erishildi. SHuningdek, "Bavariya" etakchilari ham murabbiy ishini muhokamasiga o'tib ketishi vaziyatni chigallashtirdi. Natijada "Bavariya" Lui van Galdan keyin oradan 6 yil o'tib ilk bor murabbiyni istefoga chiqardi. Tez yordam sifatida "Bavariya" plankasi juda yuqoriga ko'tarib ketgan Yupp Xaynkes nafaqadan vaqtincha ishga qaytdi. Aniqrog'i, Yupp qalin do'sti Uli Xyoness iltimosini erda qoldirolmadi. Mavsum yomon tugamadi, minimum vazifa uddalandi - Germaniya chempionligi.

O'tgan yili yozda "Bavariya"ni ananalarini yaxshi bilishi aytilgan va futbolchi sifatida jamoa mentaliteti va bu erdagi ob-havodan boxabar bo'lgan Niko Kovach taklif etildi. Uning oldiga Lui van Gal jamoaga kelganda qo'yilgan talab qo'yildi. Albatta minimum vazifani bajargan holda bosqichma-bosqich jamoani yoshartirib, avlodlar almashuvini amalga oshirish belgilandi. Biroq mazkur mutaxassis qo'l ostida jamoa mavsumni juda yomon boshladi. Startdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok klub rahbariyatini ikkilantirmadi va murabbiyga qo'shimcha ishonch krediti taqdim etilishi rasman tashkil etilgan matbuot anjumanida elon qilindi. Natijada qishki tanaffusdan so'ng jamoa natijalari yaxshilandi va shu bilan birgalikda o'yini sifati ham o'sdi. Kuzdagi "Bavariya" bilan qishning ikkinchi qismidagi jamoa o'rtasida farq sezildi. Nafaqat natijalar yaxshilangani va Bundesligada beshinchi o'rindan birinchi pog'onaga qadar ko'tarilgani, balki o'yin taraflama ham "Bavariya" raqibga nisbatan ustunlik qila boshlagani barchani xotirjamlikka chorladi.

Lekin kuni kecha Evropa chempionlar ligasidagi ishtirok to'xtagani kuzda berilgan savollarni yana uyg'otdi. Niko Kovach qanchalik "Bavariya"ga mos? Jamoa uning qo'l ostida nimaga erishmoqchi? SHu va shunga o'xshash savollar va etirozlar bolaladi. O'rinli etiroz. Haqli savol.

"Liverpul" bilan Angliyadagi o'yinda raqib to'liq tashabbus bilan o'ynagani, "Bavariya" safardan shunchaki durang bilan qaytishni ko'zlagani va bu juda yomon natija emasligi bilan izohlandi. Javob uchrashuvi kutildi. Myunxendagi o'yin umuman boshqacha ruhda o'tishi, "Bavariya" endi shunchaki quruq himoyalanish o'rniga keskin o'yin taklif qilishi, jangovor ruhdagi futbolni tanlashi taxmin qilindi. Niko Kovach ham javob uchrashuvi boshqacha scenariy ostida o'tishi haqida gapirdi.

Amalda esa Myunxendagi javob o'yini ham Mersisaydda kechgan bahs bilan keskin farq qilmadi. "Bavariya" yana Niko Kovachning qo'rqoq uslubi niqobida himoyada o'ynadi. Jamoaning o'yinga tuzilgan rejasi ancha xom va qo'rqoq chiqqani, futbolchilar ko'zida ishtiyoq yonmagani, "Liverpul" ortiqcha qiyinchiliksiz raqib nozik nuqtasini topgani - Niko Kovachning "Bavariya" rulidagi boshqaruvi qanchalik ishonchsiz davom etayotganini ko'rsatdi.

Odatda murabbiy dastlab o'yinga reja tuzadi va tayyorlangan rejani futbolchilarga tushuntiradi. Ular esa maydonda o'sha reja asosida harakatlanishlari kerak. Myunxendagi javob bellashuvida Niko Kovach qanday reja tuzgani o'yin chizgisida umuman ko'rinmadi. CHunki rejadan darak yo'q edi. "Bavariya" javob uchrashuvida agar bo'lsa ham birinchi o'yindagi kabi o'zog'i gol o'tkazmaslik rejasi asosida o'ynayotgandek taassurot qoldirdi. Bundan ortig'i emas. To'pni shunchaki orqaga o'zaro uzatib o'tirgan futbolchilarda oldinga o'tish ishtiyog'i sezilmadi. Natijada "Liverpul" katta kuch sarflamasdan o'z uyida bajarolmagan ish, Germaniya gegemoni sanalgan "Bavariya"ni ortiqcha qiyinchiliksiz engdi. To'g'ri, Rafinyaning bo'sh harakati va Noyerning xurmacha qilig'i oqibatida o'tkazib yuborilgan goldan keyin muvozanat tiklandi. Lekin bu gol ham "Bavariya" uyg'otmadi. Aksincha, ko'p ehtimol tasodif natijasida urilgan gol sifatida taassurot qoldirdi. Markazdan oshirilgan uzun pas, Gnabrining tezligi va avtogol. SHundan so'ng ham o'yin o'sha tempda, o'sha ro'sinda davom ettirildi. 

O'rtadagi tanaffusda ham Niko Kovach jamoani "uyg'ota" olmadi. Butun bahs davomida zaxira o'rindig'idagi joyida jimgina o'tirgan murabbiyning holati jamoaning butun o'yin kayfiyatida yaqqol sezildi. Bo'sh, chorasiz, g'oya va rejasiz qolgan Kovach kabi "Bavariya" ham maydonda shunchaki vaqt o'tkazayotgandi. Oxirgi bor "Bavariya" o'z uyida o'tgan ECHL o'yinida 2014 yili "Real"ga bu kabi sharmandali mag'lubiyatga uchragandi. Farqi, o'shanda hisob yirikroq ko'rinishda yutqazgan, lekin jamoa kurashgandi. Birinchi o'yindagi tafovutni yo'qqa chiqarish uchun kurashgan, harakat qilgan, hujumga o'tgandi. Bu safar esa o'ynamay yutqazdi. O'ynolmadi. Xohish, ishtiyoq sezilmadi. O'xshashlik jihati, ikkala o'yinda "Bavariya" bir xil sharmandali tarzda turnirni yakunladi.

Kovach murabbiy sifatida "Ayntraxt"ni yangi pog'onaga chiqargandi. Lekin uning g'oyalari, mentalileti "Bavariya"ga qanchalik mos tushyapti, degan savolga hozircha aniq javob yo'q. Asosan ikkinchi raqam ostida o'ynash g'oyasiga ega murabbiy "Bavariya"ning talablariga javob bermayapti. Kuchli jamoalar bosimi, yulduz futbolchilar bilan ishlash, ularning ustun taraflaridan foydalanish o'rniga o'z uslubidan kelib chiqqan holda jamoani o'ynatish katta o'yinlarda pand bermoqda. Kuzdan qishgacha bo'lgan vaqt oralig'ida o'yin sifatini biroz yaxshilashga erishgan murabbiyning maksimumi shu erda to'xtab qolayotgandek.

Bundesligada o'ynayotgan futbolni "Liverpul" bilan Myunxendagi bahsda takrorlashga qo'rqqan murabbiyning darajasi shunday katta o'yinlarda sezilib qolmoqda. Kovach ECHLdagi kamtarin guruhda "Bavariya"ni peshqadam qildi. Lekin "kvartet"dagi "Ayaks" bilan o'zaro o'yinlarda g'alabaga erisholmadi. Har ikkala bahsda durang qayd etildi va o'yin jihatidan "Ayaks" o'shandayoq butun Evropada o'zining kuchining taqdimot marosimini o'tkazgandi. CHempionat doirasidagi "Borussiya"ga qarshi bahsda ham Kovach Favrga yutqazgandi.

To'g'ri, Kovach qo'l ostida jamoa hali ichki chempionatda chempionlik uchun kurashni qizg'in davom ettirmoqda. Germaniya Kubogidagi yurish ham davom etmoqda. Lekin o'yin sifati, Kovachning uslubi va mentaliteti "Bavariya" darajasiga mos kelmayotgani yaqqol ko'rinib qolmoqda. Ayniqsa katta o'yinlarda, muhim bahslarda jamoa yo'qolib qolmoqda. "Bavariya"ning yuzi sanalgan total futbol, jangovor ruhdagi o'yindan asar ham qolmagan. O'yin taraflama jamoa butkul inqiroz ko'chasida. Bundesligada erishilayotgan g'alabalar esa asosan "Bavariya"dagi futbolchilarning darajasi va mahorati evaziga kelmoqda. Murabbiy imzosi, falsafasi va uslubi jamoaning o'yinida umuman ko'rinish bermayapti.

Katta jamoalarda ishlash tajribasi, g'oliblik mentaliteti yo'q murabbiyga "Bavariya"da avlodlar almashuvini o'tkazishni ishonib topshirilishining o'zi xato bo'lgan. Aslida eng og'riqli mavzu - "Bavariya"da murabbiy tanlashdagi xatoliklar.

Lui van Galning tayinlovi katta xato bo'lgan deyish fikridan yiroqman. Aynan gollandiyalik mutaxassis "Bavariya"ga uzoq tanaffusdan keyin ECHL finalini eslatgan. Jamoa uning boshqaruvida total futbol namoyish etishni boshlagan. Jamoaning yaqin kelajakdagi o'yin uslubi asoschisi - Lui van Gal. SHuningdek, Lui van Gal hozirga qadar jamoaning etakchilari hisoblangan Tomas Myuller va Alaba kabi futbolchilarni kashf etib ketdi. Qaysidir manoda Riberi va Robbendan qanotlarda ajoyib tandem - "Robberi"ni kashf qildi.


Yupp Xaynkes qo'l ostida jamoa barqarorlikka erishdi. O'yin sifati, uslub va butun bir tarkibni bir xil meyorda o'yin amaliyoti bilan taminlash, bu yo'lda o'yin sifatiga putur etkazmasdan, natijani ham maksimum bajarishni Yuppdan boshqa hali hech kim uddalay olgani yo'q. Xaynkes "Bavariya"ning vazifalarini yanada yuqoriga ko'tarib ketgani hozirgacha yangi kelayotgan murabbiylarga qiyinchilik tug'dirmoqda. Yani, uning natijasini takrorlash hech kimga nasib etmayapti. Qizig'i, Yupp faqatgina birgina transfer (Xavi Martinez)  bilan butun Evropani zabt etgandi.

Gvardiola kelganidan so'ng ichki chempionatdagi barqarorlik muntazam davom etdi. Lekin xalqaro maydondagi planka tushdi. Doim yarim finalga borish va final ostonasidan ortga qaytish qaysidir manoda "Bavariya"ning g'oliblik ruhiga tasir qildi. Gvardiola qo'l ostida jamoa sifat, o'yinni tashkillashtirish borasida yangi pog'onaga chiqdi. Ammo natija borasida, Pep missiyani to'liq bajarmadi.

Karlo Anchelottining jamoaga olib kelingani va uning atrofidagi rejalar amalga oshmadi. O'rtada vaqtincha Yupp vaziyatni yaxshi tomonga yumshatdi. Lekin katta o'zgarishlarga muhtoj "Bavariya"ga tajribasiz Niko Kovachni tayinlanishi xatoni takrorlanishiga olib keldi.

"Bavariya" oxirgi 8 yil ichida ilk bor ECHLni nimchorak finalda tugatdi. Yupp qo'l ostida boshlangan final va ECHL g'olibligi Gvardiola bilan yarim finalga qadar tushgandi. Anchelotti kelgach chorak final to'xtadi. Orada Yupp kelib jamoani yarim yo'lda yarim finalga qadar etakladi. Niko Kovach esa Lui van Galning istefosiga zamin yaratgan natija - nimchorak final bekati tushib qoldi.

Etibor beradigan bo'lsak, "Bavariya" oxirgi yillarda, aniqrog'i Yupp Xaynkesdan keyin nemis mutaxassislari xizmatiga murojaat qilmay qo'ydi. Natijada hozirgi "Bavariya"da Lui van Gal va Yupp Xaynkes chempion qilgan jamoa o'zagi, o'sha-o'sha etakchilar bilan harakatlanib yuribdi. Noyer, Boateng, Myuller, Riberi yoki Robbendan boshqa jamoada etakchilikni qo'lga oladigan yangi futbolchi ko'rinmayapti.

Yaqin orada Gnabri, Kimmix yoki Gorecka bu masuliyatni o'z zimmasiga olishi mumkin. Ammo bu ishni qilishda ularga yaxshigina turtki beradigan murabbiy kerak bo'ladi. Niko Kovach bilan esa bu ishni uddalashga ishonish juda qiyin.

Vaziyat shunday chigalki, hozirgi holatda "Bavariya" yana Germaniya chempionlikka erishsa Kovachga qo'shimcha imkoniyat berilishi mumkin. SHu jihatdan olib qaralganda, joriy mavsumdagi minimum vazifani bajarilmasligi kelajak uchun qo'yiladigan poydevorni yaxshilinishiga turtki bo'lishi mumkin. Kelasi mavsumda transfer oynasida juda katta mablag'larni tayyorlab qo'ygan rahbariyat jamoaga yangi qonni nemis mutaxassis bilan amalga oshirsa foydaliroq, nazarimda. Klub rahbariyati oxirgi yillardagi murabbiylar tayinloviga ko'proq ahamiyat berib, keyingi qarorni qabul qilishda adashmasligi muhim ahamiyatga ega. SHundoq ham avlodlar almashuvini ancha avvalroq o'tkazishi kerak bo'lgan jamoa bu ishni qiladigan shaxsni tanlashda boshqa adashmasligi zarur. Aks holda jamoaning grandlar qatoriga qayta saflanishi yanada kechikishi mumkin.

Hozirgi kunda ishsiz yurgan yoki kelasi mavsumda "Bavariya"ni boshqarishi mumkin bo'lgan nemis mutaxassislariga ko'z tushmayapti. "Xoffenxaym"da yaxshi ishlayotgan Yulian Nagelsmann ancha avval "Leypcig" bilan kelishib qo'ygan. Yoaxim Lyov Germaniyada qoldi. Birgina potencial nomzod - Yurgen Klopp. To'g'ri, Kloppni ko'ndirish "Bavariya"ga ikki hissa qiyinroq bo'ladi. Ammo Uli Xyoness bu ishga jiddiyroq kirishsa, eng loyiq nomzodni Myunxenga olib kelishni uddalasa bo'ladi.

Muallif :
Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика