So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  6 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

"Bavariya" imkoniyat taqdim etgan murabbiy Flik haqida - SHahboz Beg'amovning bir hafta avvalgi fikrlari Yangiliklar

"Bavariya" imkoniyat taqdim etgan murabbiy Flik haqida - SHahboz Beg'amovning bir hafta avvalgi fikrlari

Saytimiz ijodkori SHahboz Beg'amov bugun "Bavariya" bosh murabbiyi rulida qolishi malum bo'lgan Xansi Flik hamda Niko Kovach ketganidan so'ng jamoada nimalar o'zgargani haqida bir hafta avval telegram kanalida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashgandi.

"Kovach ketib «Bavariya»da nima o'zgardi?

Birinchidan, jamoa rulini olgan Flik ichki vaziyatdan yaxshi xabardor. Kovachga assistlardan biri bo'lgan Flik nimani o'zgartirishni yaxshi biladi. Tabiiyki ishni shundan boshladi.

Ikkinchidan, Myuller asosiy tarkibga qaytdi va o'z nuqtasiga (insayd) qo'yildi. Alkantara va o'yini chiqmayotgan Koutino boshlang'ich tarkibdan tushdi. Markaziy himoyadagi deficitlik esa Martinez hamda Alaba orqali yopildi. 

Qayd etish kerakki, Flik 2014 yili Germaniya Jahon chempioni bo'lgan davrda Lyov shtabida bo'lgan va Yoahim Lyov uslubiga juda yaqin. O'yin ham shunga monand qurildi. To'p nazorati, yuqori joylashuv orqali raqibni o'z zonasidayoq qarshi olish va hokazo.

Natijada darvoza oldida xavf deyarli yo'q. Ikkita o'yinda Noyer darvozasi tomon birorta aniq zarba yo'llanmadi. 

Hujumdagi raqamlar:

• Darvoza tomon "Bavariya" yo'llagan zarbalar — 45

• Aniq zarbalar — 16

• Golli vaziyatlar — 41

Myullerning asosiyga qaytishi va samaradorligi yaqqol aks etgani haqida: Tomas Myuller har ikkala o'yinda katta hajmda ishni bajarmoqda va o'zining birinchi galdagi vazifasi assistentlikni ham unutgani yo'q — 2 o'yin, 3 assist. 

Myuller shu o'yinda ikkita uzatma amalga oshirib Bundesliganing eng yaxshi assistentiga aylandi — 6 assist. 

Robert Levandovski dahshatli gollar seriyasini davom ettirayotgan bo'lsa, Gnabri ajoyib formada ekanligini ko'rsatmoqda. 

Ikkita o'yin Flikda ham murabbiylik salohiyati yuqori ekanligi hamda JCH-2014dagi muvaffaqiyat va Lyov maktabi bagaji borligi isbotlandi.

Balki yil so'nggi qadar Flikka imkoniyat taqdim etilar-a? Nega endi yo'q?

Aytgancha, bu galgi «Der Klassiker» katta bir epoxani tugashi, yani Uli Xyonessning “Bavariya” prezidenti sifatida oxirgi rasmiy o'yini bo'ldi. Katta bir sahifa tugadi. 

Menimcha, Uli “Bavariya” tarixidagi eng yorqin va muvaffaqiyatli ishlagan boss!", — deya 10 noyabr kuni yozgandi SHahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida.

Eslatib o'tamiz, Xansi Flik "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirishini "Bavariya" rasman elon qildi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика