

Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
Myunxenliklar francuz vingeri uchun 200 million evro va undan yuqori bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Biroq, nemis klubi fransiyalik futbolchini qo'yvorishi uchun bu summa ham kamlik qilishi kutilmoqda.
Avvalroq 24 yoshli futbolchi "Qirollik klubi"ga o'tishga tayyorligini ma'lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres agar yakshanba kungi saylovlarda g'alaba qozonsa, seshanba kuniyoq ushbu yulduzli o'yinchi uchun rasmiy taklif yuborishini aytgandi. Keyinchalik bu futbolchi aynan Olise bo'lishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.



