Bavariya etakchilaridan biri faoliyatini Saudiya davom ettirishi mumkin
09 iyu 08:57
Yangiliklar
Bavariya etakchilaridan biri faoliyatini Saudiya davom ettirishi mumkin
Saudiya Arabistonning Al Ahli jamoasi Bavariya etakchilaridan biri bilan shartnoma tuzmoqchi.
Gap Yozua Kimmix borasida ketmoqda. Malumotlarga qaraganda, «Al Ahli» rahbariyati jamoa menejerlariga yarim himoyachini Saudiyaga olib kelish vazifasini yuklagan. Muzokaralar Evro-2024 musobaqasi yakunlanganidan so'ng boshlanishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Yozua Kimmixning «Bavariya» bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Unga avvalroq «Barselona» qiziqish bildirgandi, biroq kataloniyaliklarning hozirgi moddiy ahvoli futbolchi bilan shartnoma tuzishga imkon bermaydi.
Fikrlar