"Bavariya" "Ayaks" futbolchisi bilan "4+1" ko'rinishidagi shartnoma bo'yicha kelishib oldi

Alisher
19 sen 2020, 15:33
"Ayaks" himoyachisi Serjino Dest "Bavariya"ga o'tishga yaqin.

Myunxen klubi amerikalik futbolchi bilan shartnomani 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 4 yillik bitim bo'yicha kelishuvga erishdi.

19 yoshli o'yinchining transfer shartlari bo'yicha hali klublar kelishuvga erishishmadi, ammo bitim bir necha kun ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Destni Nelson Semedu jamoadan ketgan taqdirda "Barselona" ham o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild