So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  7 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

"Barselona"ning yangi himoyachisi haqida bilishingiz kerak bo'lgan 10ta malumot Yangiliklar

"Barselona"ning yangi himoyachisi haqida bilishingiz kerak bo'lgan 10ta malumot

Teglar :  Yerri Mina
"Barselona" klubi 12 yanvar kuni "Palmeyras" himoyachisi Yerri Minani sotib olgani haqida elon qildi.

Futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuv 2023 yilning 30 iyunigacha belgilandi. Kolumbiyalik bitimidagi tovon puli 100 mln. evro. Transfer uchun ko'k-anorranglilar Braziliya klubi hisobiga 11,8 mln. evro o'tkazib beradi.

Kataloniya klubi rasmiy sayti futbolchi haqida qiziqarli 10ta malumot to'pladi.


1. "Barselona"dagi birinchi kolumbiyalik

Yerri Mina "Barselona"da rasmiy o'yin o'tkazadigan birinchi kolumbiyalik futbolchi bo'ladi. 1964 yilning 24 iyunida Kolumbiyadan bo'lgan boshqa futbolchi "Sabadell"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida Kataloniya klubi safida maydonga tushgan, biroq jamoada qolmagan.


2. Denis Suares tengdoshi

Kolumbiyalik Denis Suares bilan tengdosh (1994) hisoblanadi. "Blauragna" yarim himoyachisi 6 yanvarda tug'ilgan bo'lsa, Mina 23 sentyabrda dunyoga kelgan.


3. Kolumbiya terma jamoasi safida debyut

Mina 2016 yilning 6 oktyabrida milliy terma jamoa safida debyut qilgan va Urugvayga qarshi kechgan (2:2) 11 oktyabrdagi bahsda o'zining birinchi golini urgan.


4. Klubning eng novcha futbolchisi

Markaziy himoyachi yangi jamoasidagi eng bo'yi uzun futbolchiga aylandi. Klubning novcha futbolchilari safiga Xerard Pike (194 sm), Serxio Buskets (189 sm) va Andre Gomesh (188 sm) kiradi.


5. LaLigadagi o'ninchi kolumbiyalik

Yerri Mina ayni damda Ispaniyaning birinchi darajali chempionatida o'ynayotgan o'ninchi kolumbiyalik hisoblanadi.

LaLigadagi Kolumbiya futbolchilari: Karlos Bakka ("Vilyarreal"), Xuanxo Naravaes ("Betis"), Luis Murel ("Sevilya"), Daniel Torres ("Alaves",), Jefferson Lerma ("Levante"), Jeyson Murilo ("Valensiya"), Bernardo Espinosa, Yoxan Moyika va Marlos Moreno (uchchalasi "Jirona"da).


6. To'rt xil raqam

Yerri Mina faoliyati davomida to'rt xil raqamda o'ynagan. "Deportivo Pasto"da 3, "Independente"da 26, "Palmeyras"da 13 va Kolumbiya terma jamoasida 16.


7. Yerri Mina fondi

Futbolchining xayriya loyihasi mavjud va u 2000 kishiga yordam beradi.


8. Darvozabondan himoyachiga aylangan futbolchi

Mina faoliyatini oilasidagilar kabi darvozabon sifatida boshlagan, biroq vaqt o'tib u poziciyasini o'zgartirishga qaror qildi. Ayni damda u dunyoning istiqbolli himoyachilari safiga kiradi.


9. Sovrinlar

Kolumbiyalik sovrinlar tufayli doimo muhim futbolchi bo'lib qolmoqda. Mina 2014 yilda Kolumbiya chempioni bo'ldi. U "Palmeyras" bilan 2015 yilda Kopa Sudamerikana g'olibiga aylandi, 2016 yilda esa Braziliya chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritdi.


10. Oila va do'stlar

Minaning oilasi va do'stlari - futbolchi hayotining muhim qismiga aylanib qolgan. Yerri maydondan tashqaridagi ko'p vaqtini ular bilan o'tkazadi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика