"Barselona"ning ikki nafar futbolchisi turk klubiga o'tishi mumkin
15 noy 10:49
Yangiliklar
"Barselona"ning ikki nafar futbolchisi turk klubiga o'tishi mumkin
Turkiyaning Haberler nashri xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" "Barselona"ning ikki futbolchisi himoyachi Andreas Kristensen va hujumchi Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Kristensen allaqachon klubni tark etish istagini bildirgan.
Bundan tashqari, Istanbul jamoasi vakillari Levandovskining agentlari bilan bog'lanishgan. Xabar qilinishicha, polshalik hujumchi avvalroq Kataloniya klubida qolish istagi borligini malum qilgandi. Biroq boshqa variantlarni ko'rib, chiqishga tayyorligini malum qilgan.
Malumot uchun, har ikki futbolchining shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.
Joriy mavsum 37 yoshli hujumchi 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi. 29 yoshli himoyachi esa joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar