“Barselona“ga qarshi o'yinda hakam ikki marta “Real“ foydasiga qo'pol xatoga yo'l qo'ygan - Archivo VAR
12 may 09:57
Yangiliklar


“Barselona“ga qarshi o'yinda hakam ikki marta “Real“ foydasiga qo'pol xatoga yo'l qo'ygan - Archivo VAR
Hakamlar qarorlarini tahlil qilishga ixtisoslashgan kompaniyaga tegishli Archivo VAR akkauntida La Liganing 35-turidan o'rin olgan “Barselona” – “Real” uchrashuvida (4:3) yuz bergan ikkita bahsli epizodni tahlil qildi.
Resurs tahliliga ko'ra, o'yinning bosh hakami Alexandro Ernandes o'yin so'nggida “Real“ darvozasiga penalti belgilamadi. Tchuamenining qo'liga tekkan vaziyatda VAR epizodni ko'rib chiqishni talab qilganiga qaramay, hakam o'z poziciyasida qolishga qaror qilgan.
Shuningdek, bosh hakam 90+6 daqiqada Fermin Lopesning golini noto'g'ri bekor qilgan.
Eslatib o'tamiz, “Barselona“ — “Real Madrid“ uchrashuvida kataloniyaliklar 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar