"Barselona" Xavi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytiradi
16 mar 2023 13:27
Yangiliklar
"Barselona" Xavi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytiradi
Klub "Real"ga qarshi La Liganing navbatdagi uchrashuvidan so'ng jamoa ustozini yangi bitim bilan siylamoqchi. Yangi kelishuv 2025 yilgacha amalda bo'ladi.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub joriy mavsumda yana biror sovringa ega chiqishi yoki aksi bo'lishidan qati nazar 43 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishni istaydi. U murabbiyning ishidan juda mamnun.
Xavi bungacha 2024 yilning iyunigacha kuchda bo'ladigan shartnomaga ega edi. Mutaxassis Laporta bilan yaxshi shaxsiy va professional munosabatlarni o'rnatgani bois bir yillik uzaytirish hech qanday qiyinchiliklarsiz qabul qilinishi kutilmoqda.
"Barsa" ushbu mavsum Xavi qo'l ostida Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. Mamlakat kubogi yarim finali birinchi o'yinida "Real" ustidan kichik hisobda g'alaba qozondi. Dushanba kuni bo'lib o'tadigan klasikodagi g'oliblik turnir jadvalida Madrid klubidan 12 ochko oldinlab ketish imkonini berishi mumkin.
Fikrlar