"Barselona" sobiq futbolchisini klubga qaytarmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2023, 18:16
"Ko'k-anorranglilar" sobiq o'yinchisini klubga qaytarishga qaror qildi.

Klubning sobiq futbolchisi Boyan Krkich klubda lavozimga ega bo'ladi. 

Keyingi hafta "Barselona" sport menedjmentining Deku boshliq yakuniy tashkiliy tuzilmasi taqdim etiladi. 

Xabarlarga ko'ra, jamoaning sobiq forvardi Boyan Krkich ham unda o'z lavozimiga ega bo'ladi. Ispaniyalik zimmasiga klubning boshqa jamoalarda ijaradagi futbolchilarini hamda akademiyadan katta futbolga o'tadigan yosh futbolchilarni kuzatib borish topshiraldi.

Eslatib o'tamiz, Krkich mart oyida faoliyatini yakunlagandi. Sobiq futbolchi ma'lumoti bo'yicha sport menedjeri mutaxassisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com