"Barselona", PSJ, "Milan" va "Man Siti" evrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin
26 dek 2023 17:46
Yangiliklar
"Barselona", PSJ, "Milan" va "Man Siti" evrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin
Klublar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda.
Ispaniyaning "Barselona", Franciyaning PSJ, Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Manchester Siti" jamoalari evrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin, deya xabar bermoqda "Marca".
Xabar qilinishicha, UEFA "Barselona"ni moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish yuzasidan tekshiruv o'tkazmoqda. Xususan, gap oddiy faoliyat bilan bog'liq bo'lmagan, klub daromadining shubhali o'sishi haqida ketmoqda.
"Barselona"dan tashqari, Franciyaning PSJ, Italiyaning "Milan", Angliyaning "Manchester Siti" va yana oltita klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan bo'lishi mumkin. Bu ish bo'yicha qaror 2024 yilning fevralida qabul qilinadi.
Fikrlar