Bahrom Haydarov: "Bunday o'yinlarda 1-2ta vaziyat ko'p narsani hal qiladi"
06 may 2021 20:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635519_original.jpg)
![](/upload/storage/635519_220.jpg)
Bahrom Haydarov: "Bunday o'yinlarda 1-2ta vaziyat ko'p narsani hal qiladi"
Superliganing ettinchi turidan o'rin olgan "Surxon" - AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar texnik direktori Bahrom Haydarov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mag'lubiyatli o'yinlardan so'ng har qanday jamoaga alam qiladi. Bugun AGMKdek tajribali jamoaga qarshi munosib o'yin namoyish qilishga harakat qildik. Hech bo'lmaganda bir ochko olishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda yigitlar tempni oshirishdi. Raqibning oraliqda ko'p o'yin o'tkazgani bilinishi kutilgan edi. O'yin oxirida tashabbusni qo'limizga olgan bo'lsakda, vaziyatlarni yakunlashda mahorat va tajriba etishmadi. Bunday o'yinlarda 1-2ta vaziyat ko'p narsani hal qiladi", deydi Bahrom Haydarov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar