So’nggi yangiliklar

18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  3 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  6 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  3 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1

Bahodir Mirzaev: "Ertangi o'yinga jamoamiz kutilmagan muammolar bilan kelmoqda" Yangiliklar

Bahodir Mirzaev: "Ertangi o'yinga jamoamiz kutilmagan muammolar bilan kelmoqda"

OCHL guruh bosqichi, 4-tur doirasidagi "Sepaxon" - OKMK uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi, unda ayrim sabablarga ko'ra klub bosh direktori Bahodir Mirzaev qatnashdi.

"Assalomu alaykum barchaga! Ertangi o'yinga jamoamiz kutilmagan muammolar bilan kelmoqda. Jamoamiz safida bir qator o'yinchilarimizda jarohatlar mavjud. O'zbekiston kubogi finali oldidan ushbu o'yinchilarimizni tavakkal qilmagan holda Eronga olib kelmadik.

O'yinni Isfaxondan Tehronga ko'chgani bizga qo'shimcha muammolarni keltirib chiqardi. O'ylaymanki barchasi yaxshilikka xizmat qiladi. Eronga Dubay orqali keldik. Kecha jamoamiz Dubayda mashg'ulot o'tkazdi. Qo'shimchasiga Tehronga kelib ham ko'plab muammolarga duch keldik. Yo'ldagi tirbandlik tufayli, o'yinoldi rasmiy mashg'ulotimiz bekor bo'ldi va matbuot anjumani oldidan jamoamiz bosh murabbiyi ayrim noqulayliklar sabab yarim yo'ldan ortga qaytdi.

Xalqaro maydonda Vatanimiz shanini himoya qilayotgan jamoamiz har qanday holatda oxirigacha harakat qiladi. Xudo xoxlasa yorug' yuz bilan Yurtimizga qaytamiz!", -deydi Bahodir Mirzaev.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика