BAA. SHukurovning goli “SHarja”ga g'alaba keltirdi
21 may 2022 21:41
Yangiliklar


BAA. SHukurovning goli “SHarja”ga g'alaba keltirdi
BAA Premer-ligasi 25-turida “SHarja” o'z maydonida “Emireyts”ni 2:1 hisobida engdi.
G'alaba golini esa 1-taym oxirida Otabek SHukurov urdi. 25 yoshli o'zbekistonlik uchrashuvni to'liq o'tkazdi.
Qayd etish joiz, jamoalar bahsni bir kishi kam bo'lib yakunlashdi. Raqiblardan Abdulla Muso 2-sariqni olib, maydonni tark etgan bo'lsa, sharjaliklardan SHahin Abdulrahmon to'g'ri-to'g'ri qizil oldi.
“SHarja” – “Emireyts” 2:1 (2:1, 0:0)
“SHarja” o'yingohi
Gollar: Literri 12 – 0:1, Kayo 41 – 1:1, SHukurov 44 – 2:1.
CHetlatishlar: Muso 50, Abdulrahmon 75.
Eslatib o'tamiz, SHukurov joriy mavsum musobaqadagi gollari sonini 4 taga etkazib oldi. Jamoasi esa 54 ochko to'plagan holda 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Al Ain" hisobida 61 ball bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar