BAA. Aziz G'anievning goli "Shabab Al Ahli"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

30 okt 2020, 21:20
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 3-turida "Shabab Al Ahli" "Al Vahda" mehmoni bo'ldi.

Abu Dabidagi "Al Nahyon" stadionida o'tkazilgan o'yinning 45-daqiqasida mezbonlarning tajribali hujumchisi Ismoil Matar hisobni ochdi. Hisobni tenglashtiruvchi golga Azizjon G'aniev mualliflik qildi. Hamyurtimiz tomonidan 73-daqiqada urilgan gol dubayliklarga 1 ochko olib berdi. G'aniev uchrashuvda to'liq o'ynadi va 62-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Musobaqaning ortda qolgan 3-turidan keyin "Shabab Al Ahli" hisobidagi ochkolar 5 taga etdi → TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia