

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi.
Eslatib o'tamiz, "Al Nasr" o'tgan turda safarda "Al Fatx"ga qarshi to'p tepgan va 2:2 hisobida durang qayd etgandi. Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov o'yinning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. Qo'shib berilgan daqiqalarda aynan Masharipovga nisbatan fol uchun penalti belgilanib, Ronaldu undan unumli foydalangandi.
Bugun Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda tushishini kutib qolamiz.
Saudiya Arabistoni chempionati
16-tur
"Al Vaxda Mekka" – "Al Nasr"
"King Abdul Aziz Stadium" stadioni


