Azmun uchun Franciyadan taklif bor
09 avg 2021 22:17
Yangiliklar
Azmun uchun Franciyadan taklif bor
"Zenit" forvardi Sardor Azmunni sotib olish uchun yana bir klub taklif jo'natdi.
"L’Equipe" xabariga ko'ra, eronlik futbolchi "Lion"ga o'tishi mumkin. Uning o'yinlari jamoa bosh murabbiyi Peter Boshga maqul kelgan.
Bunga qadar Azmun mish-mishlar orqali "Bayer", "Roma" va "Inter" klublari bilan ham bog'landi. Ammo hozircha "Zenit" forvardini sotgisi kelmayapti.
"Transfermarkt" portali futbolchini 25 million evroga baholagan. U "Zenit" tarkibida 87 o'yinda qatnashib, 57 gol va 19 assist qayd etdi.
Fikrlar