So’nggi yangiliklar

08:07Расман. «Насаф» навбатдаги легионери билан хайрлашди  2 07:37«Нефтчи» яна бир бомба трансферни эълон қилди  20 03:25Испания кубоги. "Атлетико" "Марбелла"ни мағлуб этди, Симеоне жамоасида кетма-кет 13-ғалаба!  0 01:20Кунья шу ойда Лондон клубига ўтиши мумкин  1 00:54Испания кубоги. "Барселона" меҳмонда "Барбастро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Левандовскидан дубль  4 00:32АПЛ. "Арсенал" меҳмонда "Брайтон"ни мағлуб эта олмади  9 00:12"Бухоро" икки легионер билан шартномани узайтирди  0 00:05А Серия. "Наполи" меҳмонда "Фиорентина"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, етакчиликка қайтди  0 23:41Биринчи ва иккинчи лига жамоаларида тўп тепган, легионерлар лимити сабаб "Насаф"ни тарк этган ҳамда "Фулад" матбуот котибини ишдан кетишига "сабаб бўлган" Ўткир Юсупов 34 ёшни қарши олди  2 23:33Расман: Шоҳруҳ Гадоев "Нефтчи" билан шартнома имзолади!  5 23:10Расман: Шохруз Норхонов "Бухоро"га қайтди!  7 22:53Расман: Элдорбек Суюнов водийнинг бошқа бир клуби аъзосига айланди  17 22:29Испания кубоги. "Барбастро" – "Барселона". Асосий таркиблар аниқ  4 22:13АПЛ. "Брайтон" – "Арсенал". Таркиблар аниқ  15 22:09АПЛ. "Манчестер Сити" ниҳоят йирик ғалаба қайд этди. "Челси" эса охирги дақиқаларда ғалабани бой берди ва бошқа натижалар  7

Aziz Ibragimov: "Andijon"ni oliy ligada qolishi uchun bor kuchimni berishga tayyorman" Yangiliklar

Aziz Ibragimov: "Andijon"ni oliy ligada qolishi uchun bor kuchimni berishga tayyorman"

Avval xabar berganimizdek, Aziz Ibragimov kecha kutilganidek "Andijon" qarorgohiga etib keldi.
Dastlab "Sog'lom Avlod" stadioniga kelib, mashg'ulotni kuzatgan futbolchi shu asnoda klubga kelishi haqida qisqacha aytib o'tdi.

- CHexiyadagi klubim bilan amaldagi shartnomam yakunlanib borayotganida menga Ulug'bek aka Mirzaev "Andijon"da o'ynash taklifini bildirdi. Bu inson bilan yaxshi tanishmiz. U kishi menga o'z maslahatlari bilan yordam berib turadi. Qolaversa o'zimda ham yana yurtimizga qaytish ishtiyoqi bor edi. "Andijon" garchi 4 ochko bilan turnir jadvalida so'nggi pog'onada ketayotgan bo'lsa-da, bu jamoaning taklifini qabul qildim.

Bu erga kelishim haqida saytlarda xabarlar chiqa boshlaganidan keyin, menga mamlakatimizning yana ayrim jamoalardan og'zaki chaqiruvlar ham bo'ldi. Lekin "Andijon" rahbariyatiga vada berib qo'yganim uchun, boshqa variantlarga etibor qaratmadim.

- CHunki bu jamoa menga birinchi bo'lib aloqaga chiqdi va ishonch bildirdi. "Andijon"ni oliy ligada qolishga harakat qilinayotganini va bu yil jamoaning 50 yillik yubiley to'yi nishonlanishi aytishganida klubga yordam berishga qaror qildim. (Kulib) Sababi onajonim ham bu yil 50 yoshga to'ladi. Nasib qilsa jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadiga etadi. SHaxsan men bunga ishonaman. Agarda bunga ishonmaganimda kelmagan bo'lardim. Lekin bu birgina menga bog'liq emas. Buning uchun barcha futbolchida g'oliblik ruhi va katta ishtiyoq bo'lish kerak. Ahil bir oila bo'lib, bir maqsad yo'lida ishlash kerak deb o'ylayman.

- Andijonlik muxlislarga meni ko'tarinki kayfiyatda kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Nasib qilsa ikkinchi davrada mazmunli o'yinlarimiz bilan ularga xursandchilik ulashamiz degan umiddaman", - deydi Aziz Ibragimov.


Islombek RUSTAMBEKOV.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика