So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  7 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

Azamat Abduraimov: "Talabga javob bermaydigan legionerlar bilan xayrlashamiz" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Talabga javob bermaydigan legionerlar bilan xayrlashamiz"

Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Yangier" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Azamat Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.





"O'yin kurashlarga boy o'tdi. Tan olish kerak "Neftchi"ning tarkibi bizdan kuchli. Marko Obradovich legioner qanday bo'lishi kerakligini ko'rsata oldi va gol urdi. Albatta qaysidir joyda xatolarimiz pand berdi, diqqat etishmadi. Raqibni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Bugun darvozabonimiz debyutini o'tkazdi. Balki omadli chiqmagan bo'lishi mumkindir, lekin unga ishonamiz. Maydonga tushgan boshqa yoshlarga ham imkoniyat beryapmiz. Tarkibda rotatciyalarni amalga oshirmoqdamiz. Yoshlarning kelajagi bor",- deydi Azamat Abduraimov.

- Jamoangizda yaxshi legionerlar bo'lsada gol ura olishmadi. Buni nima bilan izohlaysiz?

- Bu haqida gapirish qiyin. CHunki legionerlarni men taklif qilmaganman. Ulardan ikkitasi o'ynamoqda. Xorijlik futbolchi mahalliy o'yinchidan bir bosh ustun bo'lishi kerak. Obradovich bu borada o'zini oqlamoqda, deya olaman. Davralar oralig'ida tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Talabga javob bermaydigan legionerlar bilan xayrlashamiz. 

- Ijtimoiy tarmoqlarda bitta o'yinda maydonga tushmagan futbolchilar Xurshid Asqaraliev, Bunyod Abdumannonovlarni totalizatorga bog'liqlik joyi bo'lgani uchun tark etdi, degan turli xabarlar chiqdi. Lekin "Neftchi" bilan o'yinda ko'rdikki, ular tarkibda bor. Mazkur holatga munosabatingizni bildira olasizmi?

- Men bu borada championat.asia sayti jurnalisti bilan gaplashdim, aniqlik kiritdim. Gohida jurnalistlar yo'q narsadan sensaciya yasashmoqda. "Xorazm" bilan o'yindan oldin etika qo'mitasini qarori chiqdi, "Yangier"ning 4 nafar futbolchisi jarimaga tortildi. Jarima to'lanmagunicha ular maydonga tusha olmaydi. Abdumannonov va Asqaraliev "Xorazm" bilan o'yinda qaydnomaga kiritilmagandi. Jurnalist esa ularni totalizatorda qatnashgan, degan fikr yuritgan. Bu noto'g'ri. Qaydnomaga kiritilmagan boshqa futbolchilar esa bunga qadar yaxshi o'ynay olishmagandi. Ko'rdingiz, Abdumannonov asosiy tarkibda, Asqaraliev zaxiradan maydonga tushdi. Etika qo'mitasi diskvalifkaciya qilgan futbolchilar boshqalar. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика